“O‘zagrosug‘urta” AJ-ichki turizm doirasida ma’naviy-ma’rifiy sayohat
“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari uchun ichki turizm doirasida ma’naviy-ma’rifiy sayohat tashkil etildi. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarning mamlakatimizdagi boy madaniy meros obyektlari haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar hamda yurtimizning diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.
Sayohat doirasida xodimlar Imom al-Buxoriy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurdilar. Mazkur majmua Samarqanddan 25 kilometr uzoqlikdagi Hartang qishlog‘ida joylashgan.
Ta’kidlash joizki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan 2019-yildan ushbu majmuada keng ko‘lamli qurilish va bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Bugungi kunda majmua hududida masjid, shinam mehmonxonalar hamda go‘zal landshaft dizayniga ega bog‘lar barpo etilgan.