UZ
  • info@agros.uz
  • 1186

Biz haqimizda

image image

Biz haqimizda

    “O‘zagrosug‘urta” AJ umumiy sug‘urta sohasining barcha 17 ta klassi bo‘yicha yuridik va jismoniy shaxslarga 100 dan ortiq sug‘urta xizmatlarini taklif etilmoqda.

   Sug‘urta xizmatlarini qulay va tezkor taqdim etilishini ta’minlash maqsadida Respublika bo‘ylab 1000 nafarga yaqin sug‘urta agentlari orqali aholining mol-mulklari, salomatligi hamda tadbirkorlik faoliyati sug‘urtaviy himoyaga olinmoqda.

    Bugungi kunda Jamiyat tomonidan nafaqat yirik shaharlarda, balki mamlakatning eng chekka hududlariga qadar sifatli sug‘urta qilish xizmatlari ko'rsatilmoqda. 

JAMIYATNING TA'SISCHILARI

BIZNING VAZIFALAR QUYIDAGILARDAN IBORAT:

JAMIYAT MISSIYASI

Hozirgi kunda jamiyat respublikaning barcha qishloq hududlarida faoliyat olib boruvchi sug‘urta infratuzilmasiga ega bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Sug‘urta bozoridagi ulushi 14,6% tashkil etadi.

2020 yil yakuniga ko‘ra jamiyat aktivlari 293,9 mlrd so‘m, sug‘urta zahiralari 162,6 mlrd so‘m, sug‘urta mukofotlari tushumi 178,2 mlrd so‘m va to‘langan sug‘urta tovonlari hajmi 91,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Jamiyat doimiy ravishda mijozlar talablarini o‘rganib, taklif etilayotgan sug‘urta turlari sodda va qulay bo‘lishiga katta e'tibor qaratadi. Mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida va to‘liq bajarib borishi natijasida jamiyatga bo‘lgan ishonch mustahkamlanib, uning mijozlari soni yildan-yilga ortib bormoqda.

Jamiyat mijozlarga sifatli xizmat ko‘rsatish uchun doimiy ravishda o‘z xodimlarini malakasini oshirib borishga katta e'tibor beradi.

“O‘zagrosug‘urta ” aksiyanerlik jamiyati

O‘zagrosug‘urta AJ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997 yil 25 fevraldagi “O‘zagrosug‘urta” Davlat-Aksiyadorlik Sug‘urta Kompaniyasini tashkil etish to‘g‘risida”gi 1713-sonli Farmoniga va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 6 martdagi “O‘zagrosug‘urta” Davlat-Aksiyadorlik Sug‘urta Kompaniyasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida”gi 125-sonli Qaroriga asosan Aksiyadorlik Jamiyati shaklida tashkil etilgan. Jamiyatning ustav jamg‘armasi 108 955 938 720 so‘mni tashkil etadi.

JAMIYAT REYTINGI

“O‘zagrosug‘urta ” AJ 2012-2013 yilda “SAIPRO” axborot-reyting agentligi tomonidan taqdim etiladigan “Oltin soyabon” sug‘urta sohasidagi jamoatchilik mukofatining “Eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi” nominatsiyasiga sazovor deb topilgan.

“Ahbor-Reyting” reyting agentligi “O‘zagrosug‘urta ” AJ uchun 2018 yil birinchi yarim yillik natijalari tahlilida milliy shkala bo‘yicha “barqaror” prognozi bilan “uzA++” darajasidagi to‘lovga qobiliyatlilik reytingini tasdiqladi.

“uzA++” reyting darajasi jamiyatning to‘lovga qobiliyatlilik darajasining barqaror Yuqori ekanligini ifodalaydi.

“O‘zagrosug‘urta ” AJ reytingi sug‘urta jamiyatining o‘z majburiyatlari va sug‘urta polisi egalarining talablarini o‘z vaqtida va to‘liq bajara olish qobiliyatining yuqori darajasini ko‘rsatadi. “Ahbor-Reyting” reyting agentligi “O‘zagrosug‘urta ” AJning kelgusida yuqori o‘sish sur'atlarini saqlab qolishini nazarda tutadi.

“O‘zagrosug‘urta ” AJ “SAIPRO” axborot-reyting agentligi tomonidan taqdim etiladigan “Oltin soyabon” sug‘urta sohasidagi jamoatchilik mukofatining 2018 yil uchun “Eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi” nominatsiyasida g‘olib deb topildi.

Jamiyat O‘zbekiston sug‘urta bozorining eng birinchi va bugungi kunda eng ilg‘or jamiyatlaridan biri sifatida o‘z o‘rni va imidjiga ega. U izchil rivojlanish yo‘lidan borib, mamlakatimizda sug‘urta ishini iqtisodiyotning muhim tarmog‘iga aylantirish, aholi o‘rtasida sug‘urta madaniyatini oshirish, mijozlarga aynan ular xoxlagan sug‘urta xizmatlarini taklif etish, ilm-fanning eng ilog‘or g‘oyalarini ishlab chiqarish jarayonlariga tadbiq etish va kadrlarning ishlab chiqarish samaradorligini yanada yaxshilash siyosatlarini amalda qo‘llamoqda.

Mijozlarni o‘ylovchi kompaniya

Bizning ustunligimiz

Oilangiz, biznesingiz himoyasini bizga ishonib xotirjam yashang!

  • Chorak asrlik tajriba O‘zagrosug‘urta 25 yil davomida mijozlar ishonchini oqlagan kompaniya
  • Doimiy aloqada Barcha savollarning javobi bor
  • Zamonaviy, sifatli xizmat 140 dan ortiq sug‘urta turlari, 14 ta filial hamda 210 sug‘urta markazlari Siz uchun
  • Mijozlar bizning diqqat markazimizda Mijozlarning fikri va xohishlari biz uchun muhim
  • Bizda eng yirik to‘lovlar O‘tgan yilda 91,5 milliard so‘m to‘lab berildi
  • Darhol yordam beramiz Deyarli barcha muammolar birinchi muloqotdayoq xal qilinadi