UZ
  • info@agros.uz
  • 1186

O‘ZAGROSUG‘URTA AJDA NAVBATDAGI JONLI MULOQOT O‘TKAZILDI

O‘ZAGROSUG‘URTA AJDA NAVBATDAGI JONLI MULOQOT O‘TKAZILDI

O‘zagrosug‘urta AJda jamiyat faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholi va kuzatuvchilarni tarkibiy bo‘linmalar faoliyati bilan yaqindan tanishtirish maqsadida navbatdagi jonli muloqot tashkil etildi.

Ushbu muloqotda Moliya boshqarmasi hamda Xodimlar bilan ishlash boshqarmasi faoliyati yoritildi.

Suhbat davomida:
🔹 Jamiyatning moliyaviy faoliyati, daromad va xarajatlarni boshqarish;
🔹 Sug‘urta tashkilotida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash;
🔹 Ishga qabul qilish tartibi va mavjud imkoniyatlar;
🔹 Xodimlarning malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishi;
🔹 Mehnat sharoitlari va xodimlarni rag‘batlantirish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Jonli muloqot davomida fuqarolar va kuzatuvchilarni qiziqtirishi mumkin bo‘lgan savollarga mas’ul xodimlar tomonidan tushuntirishlar berildi.

Ochiqlik, shaffoflik va samarali muloqot — mijozlar ishonchini mustahkamlashning muhim omilidir!