{# #}
uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Jonli Muloqot Bo‘Lib O‘Tdi

image

JONLI MULOQOT BO‘LIB O‘TDI

16-sentabr kuni «O‘zagrosug‘urta» AJ rasmiy Telegram kanalida kompaniya mutaxassislari ishtirokida ochiq va samimiy jonli muloqot o‘tkazildi.

Jonli efir davomida obunachilar tomonidan oldindan va muloqot jarayonida yuborilgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi. Shuningdek, sug‘urta, huquqiy masalalar, sug‘urta da’volari, shartnomalar, axborot texnologiyalari va raqamlashtirish yo‘nalishlaridagi dolzarb mavzular muhokama qilindi.

Mazkur ochiq muloqot kompaniya va mijozlar o‘rtasida bevosita, ochiq va samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yishga xizmat qildi.