Boshqaruv raisi
Rasulov Shuxrat Gayratovich
1994 y. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Iqtisodiy tahlil bo‘limida 1-toifali iqtisodchi
1994 y. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Tijorat banklarida kreditni muvofiqlashtirish va qayta moliyalashtirish shu’basi 1-toifali iqtisodchi
1994-1995 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Tijorat banklarida kreditni muvofiqlashtirish va qayta moliyalashtirish shu’basi yetakchi iqtisodchi
1995 y. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Statistika shu’basi mudiri vazifasini bajaruvchisi
1995 y. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Statistika shubasi mudiri
1995-1997 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Tijorat banklarida Iqtisodiy taxlil bo‘limi boshlig‘i
1997-1998 yy. - O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Qoraqalpog‘iston Respublikasi Bosh boshqarmasi Tijorat banklarini litsenziyalash va muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i
1998-2002 yy. - “O‘zsanoatqurilishbank” Qoraqalpog‘iston Respublikasi mintaqaviy filiali boshlig‘i o‘rinbosari
2002 y. - Aktsiyadorlik-tijorat banki “Aloqabank” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i o‘rinbosari
2002-2003 yy. - Aktsiyadorlik-tijorat banki “Aloqabank” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshlig‘i
2003-2005 yy. - Davlat aktsiyadorlik “Uyjoyjamg‘armabank” Qoraqalpoq filiali boshqaruvchisi
2005-2009 yy. - Aktsiyadorlik-tijorat “Ipoteka bank” Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali boshqaruvchisi
2009 y. - Aktsiyadorlik-tijorat “Ipoteka bank” Kreditlash departamenti direktori o‘rinbosari
2009 y. - Ochiq aktsiyadorlik-tijorat “Turonbank” boshqaruv raisi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchisi
2009-2015 yy. - “Turonbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi raisi o‘rinbosari
2015-2016 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2016 y. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari - Boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
2016-2017 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2017 y. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik-tijorat banki Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari - Boshqaruv raisi vazifasini vaqtincha bajaruvchisi
2017-2019 yy. - “Mikrokreditbank” aktsiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2019-2022 yy. - “Agrobank” aktsiyadorlik tijorat banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari
2022 yildan h.v. - "O'zagrosug'urta" AJ Boshqaruvi raisi
- Jamiyatning kundalik faoliyatini boshqarishda berilgan vakolatlari doirasidan chiqmaslik, Kuzatuv kengashi va aksiyadorlar umumiy yig’ilish qarorlari ijrosi vakolatlariga rioya qilgan holda kundalik ish faoliyatini tashkil qilish;
- Aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashi qarorlari ijrosini ta’minlanishini tashkillashtirish.Amalga oshirilishi lozim bo’lgan ishlarda Jamiyatda faoliyat ko’rsatayotgan barcha sohaviy xizmatlar hamkorligini tashkillashtirish;
- Jamiyat tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirish maqsadida lozim bo’lgan barcha choralarni ko’rish;
- Jamiyatning biznes rejalari va dasturlarini ishlab chiqarishda rahbarlik qilib, ularni yanada rivojlantirish maqsadida belgilangan chora-tadbirlarni sifatli ijrosini tashkillashtirishi va alohida nazorat qilish;
- Kuzatuv kengashi, jamiyatning taftish komissiyasi yoki audit xizmati tomonidan Jamiyat faoliyati bilan bog’liq bo’lgan xolatlarda talab qilingan xo’jalik va moliyaviy yo’nalishlar bo’yicha hujjatlarni zudlik bilan taqdim etilishini ta’minlash;
- Jamiyatning sohaviy xizmatlarini zamon talablariga javob beradigan, ishbilarmon, bilimdon va malakali kadrlarni yollash, tarbiyalash va joy-joyiga qo’yish;
- Belgilangan muddatda aksiyadorlar umumiy yig’ilishi va Kuzatuv kengashi a’zolariga Jamiyat faoliyatini yorituvchi hisobotlarni taqdim etish;
- Jamiyatning jamoa shartnomasi talablariga rioya qilgan holda, jamoa shartnomalari va kelishuvlarda qatnashib, lozim bo’lganda ish beruvchining vakillari ishtirokini tashkillashtirish;
- Jamiyatning Buxgalteriya hisob va hisobotlarini haqqoniyligini tashkillashtirish va ta’minlash, yillik va boshqa moliyaviy hisobotlarni nazorat idoralariga o’z vaqtida va talab darajasida taqdim etish, Jamiyat faoliyati haqida aktsiyadorlar, Kuzatuv kengashi va boshqa yuqori idoralarga so’ralgan kerakli ma’lumotlarni taqdim etish.