uz
  • info@agros.uz
  • 1186

To‘lov va qaytarish

To‘lov usullari
agros.uz rasmiy vebsayti orqali rasmiylashtirilgan sug‘urta shartnomalari  uchun    to‘lovlar Payme, Click va UzumBank to‘lov tizimlari orqali amalga oshiriladi. To‘lovni amalga oshirishda tanlangan to‘lov tizimining xavfsizlik va tasdiqlash mexanizmlari qo‘llaniladi.


To‘lovlarni qaytarish
Pul to‘liq qaytariladigan hollar
Quyidagi hollarda to‘langan mablag‘ to‘liq qaytariladi:
•    to‘lov texnik xato tufayli ikki marta amalga oshirilgan bo‘lsa;
•    to‘lov o‘tgan, lekin balansga qo‘shilmagan bo‘lsa;
•    to‘lovdan keyin sug‘urta shartnomasining amal qilish muddati boshlanmagan ya’ni sug‘urta polisi kuchga kirmagan bo‘lsa.

Qisman qaytarish
Rasmiylashtirilgan sug‘urta polisi muddatidan avval bekor qilinganda sug‘urta polisining foydalanilmagan kunlari uchun hisob-kitob qilinadi. Jismoniy yoki yuridik shaxsning arizasiga binoan foydalanilmagan kunlar uchun hisoblangan summa mijozning kartasiga qaytariladi. 


Qaytarilmaydigan hollar
•    balansda to‘lovni qaytarish summasiga yetarli mablag‘ mavjud bo‘lmasa;


Murojaat tartibi
•    1-qadam. 1186 qisqa raqami orqali murojaat yuboring.
•    2-qadam. Murojaatda ko‘rsating: to‘lov sanasi va summasi, tranzaksiya raqami yoki chek, sizning tizimdagi id va qaytarish sababi.
•    3-qadam. Murojaat 3 ish kuni ichida ko‘rib chiqiladi va natija haqida yozma javob beriladi.
•    4-qadam. Ijobiy qaror qabul qilinsa, mablag‘ to‘lov amalga oshirilgan o‘sha kartaga qaytariladi. Boshqa kartaga yoki naqd pul shaklida qaytarish amalga oshirilmaydi.
Mablag‘ qaytarish muddati — ijobiy qaror qabul qilingandan so‘ng 10 ish kunigacha. Aniq muddat karta chiqargan bankning ichki qoidalariga bog‘liq. Qaytarish uchun hech qanday komissiya olinmaydi.


Firibgarlik operatsiyalarini oldini olish va nazorat qilish
agros.uz platformasida to‘lovlarning xavfsizligini ta’minlash va firibgarlik operatsiyalarining oldini olish maqsadida to‘lov operatsiyalari monitoring qilinadi.

Shubhali yoki noodatiy deb topilgan operatsiyalar qo‘shimcha tekshiruvdan o‘tkazilishi, vaqtincha cheklanishi yoki bekor qilinishi mumkin.

To‘lovlarni amalga oshirish jarayonida bank va to‘lov tashkilotlarining firibgarlik operatsiyalarini aniqlash va oldini olishga qaratilgan xavfsizlik mexanizmlari hamda belgilangan cheklovlar qo‘llanilishi mumkin.

Firibgarlik alomatlari aniqlangan yoki to‘lovning qonuniyligi yuzasidan asosli shubha mavjud bo‘lgan hollarda agros.uz tegishli operatsiyani amalga oshirishni rad etish yoki vaqtincha to‘xtatish huquqiga ega.

Foydalanuvchi to‘lov ma’lumotlarining maxfiyligini saqlashi va o‘z hisobidan uchinchi shaxslarning foydalanishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.

Sohada korrupsiyaga guvoh bo‘ldingizmi?

U holda korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mas'ullari bilan onlayn bog‘laning. Shaxsingiz sir tutilishi kafolatlanadi.

Elektron pochta:
p.turamuratov@agros.uz