SAYYOR QABUL E’LON QILINADI!
Hurmatli Xorazm, Surxondaryo va Samarqand viloyatlari aholisi!
«O‘zagrosug‘urta» AJ rahbariyati tomonidan fuqarolarning murojaatlarini tinglash, mavjud muammolarni o‘rganish hamda ularning yechimi yuzasidan takliflarni ko‘rib chiqish maqsadida onlayn qabul o‘tkaziladi.
📅 Qabul sanasi: 2026-yil 28-oktabr
🔹 Soat 15:00 da — «O‘zagrosug‘urta» AJ Boshqaruvi raisi Sh. Rasulov tomonidan Xorazm viloyati aholisi uchun;
🔹 Soat 11:00 da — Boshqaruv raisi o‘rinbosari B. Ahadov tomonidan Surxondaryo viloyati aholisi uchun;
🔹 Soat 15:00 da — Boshqaruv raisi o‘rinbosari A. Yusupov tomonidan Samarqand viloyati aholisi uchun onlayn qabul o‘tkaziladi.
Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, takliflari hamda sug‘urta xizmatlari bilan bog‘liq masalalari ko‘rib chiqiladi.
📌 Murojaat va takliflaringizni belgilangan vaqtda taqdim etishingizni so‘raymiz.
«O‘zagrosug‘urta» AJ — murojaatlaringiz e’tiborda!