“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan jamiyat tizimida faoliyat yurituvchi jismoniy sug‘urta agentlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Faol sug‘urta agenti” aksiyasining barcha g‘oliblari tantanali tarzda o‘z munosib sovg‘alarini qabul qilib oldilar.
Mazkur aksiya doirasida quyidagi sovrinlar topshirildi:
10 dona televizor;
3 dona elektrovelosiped;
1-o‘rin g‘olibiga Sharm el-Sheikh shahriga 2 kishilik sayohat qilish uchun vaucher.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, aksiya jarayoni “O‘zagrosug‘urta” AJning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari orqali jonli efirda namoyish etildi.
Batafsil ma’lumot quyidagi havola orqali mavjud:
https://agros.uz/news/post/535/
“O‘zagrosug‘urta” AJ kelgusida ham sug‘urta agentlarini qo‘llab-quvvatlash va ularning faoliyatini rag‘batlantirishga qaratilgan qiziqarli hamda manfaatli aksiyalarni amalga oshirishni rejalashtirgan.


