Jizzax viloyati telekanali "O‘zagrosug‘urta" AJ tomonidan mijozlar manfaatlarini sug'urtaviy himoyaga olish, odamlarga zararlarni qoplab berish boradagi o‘tgan yilda amalga oshirilgan ishlari haqida maxsus reportaj tayyorladi.
Maxsus reportajda asosan 2022-yil davomida sug‘urta hodisalari yuzasidan mijozlarga to‘lab berilgan tovonlar, aholi vakillarining ko‘rsatilayotgan xizmatlar haqidagi fikr-mulohazalari joy olgan.
Jizzaxda sug‘urta xizmatiga talab ortishiga sabab nima?


