KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH YO‘NALISHIDAGI TIZIMLI ISHLAR
18-avgust kuni Sirdaryo viloyati, 20-avgust kuni esa Jizzax viloyati sudlarining iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlov hay’atlari tomonidan “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni talablarining ijrosini ta’minlash hamda korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olishga qaratilgan davra suhbatlari o‘tkazildi.
Mazkur tadbirlarda “O‘zagrosug‘urta” AJ vakillari hamda boshqa tashkilot va idoralarning mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Davra suhbatlari davomida manfaatlar to‘qnashuvini aniqlash va bartaraf etish, korrupsiyaning oldini olish, qonun talablariga qat’iy rioya qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi tizimli ishlarni yanada takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirlar yakunida ishtirokchilar o‘zaro fikr va mulohazalar almashib, korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirish bo‘yicha takliflarini bildirdilar.