“Yoshlar kuni” doirasida “Bir kunlik rahbar” loyihasi
Har payshanba kuni o‘tkazib kelinayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida yoshlarning davlat boshqaruvi jarayonlariga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda amaliy tajriba orttirishiga imkon yaratish maqsadida “Bir kunlik rahbar” loyihasi tashkil etildi.
Loyiha doirasida yoshlar hududiy boshqaruv organlari rahbarlari faoliyati bilan yaqindan tanishib, bir kun davomida rahbarning kundalik ish jarayoni, boshqaruv qarorlarini qabul qilish, vazifalarni belgilash va ijrosini nazorat qilish jarayonlarini kuzatish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Shuningdek, yoshlar rahbarlar bilan bevosita muloqot qilib, davlat xizmatining o‘ziga xos jihatlari, boshqaruvda mas’uliyat, jamoa bilan ishlash, muammolarni tahlil qilish va samarali yechim topish bo‘yicha qimmatli tajribaga ega bo‘ldilar.
Mazkur loyiha yoshlarni davlat boshqaruvi tizimiga yanada yaqinlashtirish, ularning liderlik va tashabbuskorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, kelajakdagi kasbiy faoliyati uchun zarur bo‘lgan amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.
Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar hamda hududlarni rivojlantirish, yoshlar bilan ishlash va yangi tashabbuslarni amalga oshirish yuzasidan o‘z takliflarini bildirdilar.
“Yoshlar kuni” — yoshlar uchun yangi tajriba, yangi imkoniyat va yangi marralar sari qadam!