😊 "O‘zagrosug‘urta" AJning to‘lovga qobiliyatlilik reytingi "uzA++" darajasida tasdiqlandi
"Ahbor-Reyting" agentligi tomonidan 2025-yil yakunlari bo‘yicha "O‘zagrosug‘urta" AJning milliy shkala bo‘yicha "uzA++" darajasidagi to‘lovga qobiliyatlilik reytingi "Barqaror" prognozi bilan tasdiqlandi.
Sertifikatni topshirish marosimida "O‘zagrosug‘urta" AJ nomidan Boshqaruv Raisi o'rinbosari Ahadov B.A. va "Ahbor-Reyting" tomonidan Bosh direktor Achilova G.U. ishtirok etdilar.
Reytingning yuqori darajada saqlanib qolishiga quyidagi omillar asos bo‘ldi:
🔹 Sug‘urta mukofotlari hajmi 6,33% ga oshib, 444,7 mlrd so‘mga yetdi;
🔹 Sof foyda 22,58% ga o‘sib, 26,8 mlrd so‘mni tashkil etdi;
🔹 Xususiy kapital 8,38% ga oshib, 147,4 mlrd so‘mga yetdi;
🔹 Investitsiya portfeli 7,56% ga ko‘payib, 154,1 mlrd so‘mni tashkil qildi;
🔹 Sug‘urta zaxiralari 16,33% ga barqaror o‘sdi;
🔹 Operatsion xarajatlar darajasi pasayib, faoliyat samaradorligi 90,19% ni tashkil etdi;
🔹 Kapital rentabelligi (ROE) 18,90%, aktivlar rentabelligi (ROA) esa 5,92% darajasida qayd etildi.