uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Har Payshanba Kuni O‘Tkazilayotgan “Yoshlar Kuni” Tadbirlari Doirasida, “OʻZagrosugʻUrta” Aj Tomonidan Yoshlar O‘Rtasida “Sport Chempionati” Tashkil Etildi.

image

Har payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida, “Oʻzagrosugʻurta” AJ tomonidan yoshlar o‘rtasida “Sport chempionati” tashkil etildi.

Mazkur chempionatning asosiy maqsadi yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sportga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilishdan iborat. Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, mahorati va jamoa bilan ishlash ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

 

Bunday sport tadbirlari nafaqat yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga, balki ularda intizom, mas’uliyat, g‘alabaga intilish va o‘zaro hurmat kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga ham xizmat qiladi. “Oʻzagrosugʻurta” AJ bundan buyon ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning salomatligi va faol hayot tarzini targ‘ib etishga qaratilgan bunday tashabbuslarni izchil davom ettiradi.