uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Yosh Tadbirkorlarni Qo‘Llab-Quvvatlash” Mavzusida Navbatdagi Uchrashuv Bo‘Lib O‘Td

image

“Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘td

Har payshanba kuni o‘tkazilayotgan “Yoshlar kuni” tadbirlari doirasida, “Yosh tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbir davomida yoshlar uchun davlat xaridlarida ishtirok etish, elektron tender hamda elektron savdo platformalaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy master-klass tashkil etildi. Unda ishtirokchilarga jamiyat boshqaruvi va filiallari faoliyatida zarur bo‘lgan tovar va xizmatlar bo‘yicha shartnomalarni elektron platformalar orqali tuzish tartibi, xarid jarayonlarining asosiy bosqichlari hamda amaliy jihatlari batafsil tushuntirildi.
Uchrashuvda, shuningdek, yoshlar tomonidan ilgari surilgan taklif va tashabbuslar asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritasi” doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham ma’lumot berildi.
Mazkur tashabbuslar yoshlarning kasbiy salohiyatini rivojlantirish, ularni qo‘llab-quvvatlash hamda yangi imkoniyatlar yaratishga qaratilgani ta’kidlandi. Uchrashuv davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.