uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Kitob Almashish Yarmarkasi Yoshlarni Yana Bir Ezgu Maqsad Atrofida Birlashtirdi

image

Kitob almashish yarmarkasi yoshlarni yana bir ezgu maqsad atrofida birlashtirdi

Kitobxonlik madaniyatini oshirish kuni munosabati bilan “O‘zagrosug‘urta” AJda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va mutolaaga qiziqishni yanada oshirish maqsadida kitob almashish yarmarkasi tashkil etildi.

Tadbirda yosh xodimlar o‘zlari o‘qib bo‘lgan kitoblarni olib kelib, ularni boshqa ishtirokchilarning kitoblari bilan almashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bu esa nafaqat yangi asarlar bilan tanishish, balki o‘zaro kitobxonlik tajribasini boyitishga ham xizmat qildi.

Yarmarka davomida ishtirokchilar tanlab olgan kitoblarini bir hafta ichida mutolaa qilib tugatish bo‘yicha o‘ziga xos kitobxonlik chellenjini ham boshlashga kelishib oldilar. Ushbu tashabbus yoshlar o‘rtasida muntazam kitob o‘qish odatini shakllantirish, fikr almashish va intellektual muhitni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Mazkur tadbir ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otib, kitobning inson ma’naviy kamoloti va shaxsiy rivojlanishidagi o‘rnini yana bir bor namoyon etdi.