uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Mustaqillik Va Milliy Iftixor Ramzi: O‘Zbekiston Respublikasi Davlat Gerbiga 34-Yil

image

Mustaqillik va milliy iftixor ramzi: O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbiga 34-yil

1992-yil 2-iyul kuni qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi to‘g‘risida”gi Qonun mamlakatimiz tarixidagi muhim voqealardan biri sifatida e’tirof etiladi.

Har bir mustaqil mamlakatning uni boshqalardan ajratib turuvchi, milliy o‘zligini ifoda etuvchi muqaddas davlat ramzlari mavjud. O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi ham xalqimizning boy tarixi, milliy qadriyatlari, madaniy merosi hamda ezgu maqsadlarini o‘zida mujassam etgan muhim timsollardan biridir.

Yillar davomida Davlat gerbi yurtdoshlarimizni yagona maqsad atrofida birlashtiruvchi, Vatanga muhabbat va milliy g‘urur tuyg‘ularini mustahkamlovchi ramz sifatida yuksak ahamiyat kasb etib kelmoqda. Unda xalqimizning tinchlikparvarligi, farovon hayotga intilishi, kelajakka bo‘lgan ishonchi va asrlar davomida shakllangan milliy qadriyatlari chuqur ma’no va yuksak g‘oyalar aks etgan.