uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Mehnat Faхriylariga Ehtirom Va E’Tibor

image

MEHNAT FAХRIYLARIGA EHTIROM VA E’TIBOR

9-may — Xotira va qadrlash kuni yurtimizda nafaqat urush qatnashchilari va fidoyilar xotirasini yod etish, balki uzoq yillar davomida mamlakat ravnaqi yo‘lida samarali mehnat qilgan faxriylarni e’zozlash kuni sifatida ham nishonlanadi.
Mazkur sana munosabati bilan turli tashkilot va korxonalarda ko‘p yillar sidqidildan mehnat qilgan, bugungi kunda nuroniylik gashtini surayotgan faxriylar holidan xabar olinib, ularga hurmat va ehtirom ko‘rsatilmoqda.
“O‘zagrosug‘urta” AJda ham ushbu ezgu an’ana davom ettirildi. Jamiyat rahbariyati tashabbusi bilan tizimda uzoq yillar faoliyat yuritib, soha rivojiga munosib hissa qo‘shgan bir guruh mehnat faxriylari yo‘qlandi. Ularning hol-ahvoli so‘ralib, samimiy suhbatlar o‘tkazildi hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.
Faxriylar tomonidan ko‘rsatilayotgan e’tibor va g‘amxo‘rlik yuksak qadrlanmoqda. Ular o‘z mehnat faoliyati davomida orttirgan tajriba va bilimlari bugungi avlod uchun ham muhim maktab bo‘lib xizmat qilayotganini ta’kidlar.