Ta’limga kiritilgan investitsiya — kelajak va muvaffaqiyatga kiritilgan investitsiyа
Bugungi kunda sug‘urta sohasida kompaniya muvaffaqiyati nafaqat moliyaviy barqarorlik va zamonaviy texnologiyalarga, balki eng avvalo, xodimlarning kasbiy salohiyatiga ham bog‘liq. Shu bois “O‘zagrosug‘urta” AJ inson kapitaliga sarmoya kiritishni o‘z faoliyatining muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilab, xodimlarning malakasini oshirish va kasbiy rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratib kelmoqda. Joriy yilda ham kompaniya xalqaro ta’lim dasturlarini davom ettirib, bir guruh mutaxassislarni Chexiya Respublikasi Yevropa amaliy fanlar va menejment institutiga o‘qish va malaka oshirish uchun yubordi. Sug‘urta mahsulotlarini sotishni boshqarishda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan foydalanish hamda mijozlarga xizmat ko‘rsatishning zamonaviy usullari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘lmoqda. Xorijda malaka oshirish nafaqat bilim va ko‘nikmalarni boyitish, balki dunyoqarashni kengaytirish imkoniyatini ham taqdim etadi. Dastur qatnashchilari Yevropa davlatlaridagi yetakchi kompaniyalar faoliyatini o‘rganib, boshqaruvning samarali mexanizmlari, sug‘urta bozoridagi xalqaro standartlar va innovatsion yondashuvlar bilan tanishmoqdalar. Uzluksiz ta’lim, tajriba almashish va kasbiy kamolotga intilish “O‘zagrosug‘urta” AJning barqaror taraqqiyoti hamda kelajakdagi muvaffaqiyatlari uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilmoqda.