uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xodimlari “Ayollar Sport Olimpiadasi” Doirasidagi Ommaviy Sport Tadbirlarida Faol Ishtirok Etdi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari “Ayollar sport olimpiadasi” doirasidagi ommaviy sport tadbirlarida faol ishtirok etdi

Sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda jamoaviy birdamlikni mustahkamlash maqsadida “O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari “Ayollar sport olimpiadasi” sport musobaqalarining respublika bosqichi doirasida tashkil etilgan ommaviy ertalabki badantarbiya mashqlari va “Besh ming qadam” yurish marafonida faol ishtirok etdi.
Mazkur tadbir mamlakatimiz xotin-qizlarini sport va sog‘lom turmush tarzi atrofida birlashtirish, aholi salomatligini mustahkamlash, giyohvandlikka nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish hamda faol hayot tarzini keng targ‘ib etishga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.
Tadbir davomida ishtirokchilar jismoniy mashqlar va yurish marafoni orqali sog‘lom turmush tarzining afzalliklarini namoyish etib, sportning inson salomatligi va kayfiyatiga ijobiy ta’sirini yana bir bor tasdiqladilar. “O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlarining ushbu tashabbusdagi faol ishtiroki sog‘lom va faol hayot tarzini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ishlarning izchil davom etayotganidan dalolat beradi.