uz
  • info@agros.uz
  • 1186

O‘Zagrosug‘Urta - Navoida Sport Tadbiri!

image

O‘zagrosug‘urta - Navoida sport tadbiri!

“O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan an’anaviy Mini-futbol, Shaxmat va stol tennis musobaqalari yuqori saviyada o‘tkazildi. Bu galgi turnir nafaqat g‘oliblarni aniqladi, balki jamoaviylik, do‘stlik va sog‘lom turmush tarzini yana bir bor mustahkamladi 💪
⚽️ Mini-futbol bahslarida 16 ta jamoa ishtirok etdi. Keskin va murosasiz o‘yinlar natijasida finalga jamiyat Boshqaruvi va Namangan jamoalari yetib keldi. Yakunda Namangan viloyati filiali g‘alaba qozonib, bosh kubokni qo‘lga kiritdi! 🥇
♟ Shaxmat musobaqasida esa eng kuchlilar saralandi. Finalda Qashqadaryo va Samarqand vakillari to‘qnash keldi va Qashqadaryo viloyati filiali vakili turnir g‘olibiga aylandi. 
🏓 Bu yilgi musobaqalarga yana bir yangi sport turi — stol tennisi ham qo‘shildi. Ushbu yo‘nalish ishtirokchilar orasida katta qiziqish uyg‘otib, bahslar juda qizg‘in va tomoshabop tarzda o‘tdi. Yangi sport turi turnirga yanada jon bag‘ishladi va ishtirokchilar uchun unutilmas taassurotlar qoldirdi. Ushbu sport turi bo‘yicha go‘liblikni jamiyat Boshqaruvi vakili qo‘lga kritdi.
🥇 G‘olib va sovrindorlar kubok, medallar hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Shuningdek, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi to‘purar” va “Eng yaxshi o‘yinchi” nominatsiyalari ham topshirildi.
🌿 Bunday tadbirlar nafaqat sportni rivojlantiradi, balki jamoani birlashtirib, yangi marralar sari ilhom bag‘ishlaydi!