Mamlakatimizdagi sug‘urta sohasini rivojlantirishdagi faol ishtirokimiz va mijozlarimizning ishonchi tufayli, O'zbekiston Respublikasi Istiqbolli loyihalar milliy agentligi tomonidan e’lon qilingan sug‘urta xizmatlari ko'rsatilishi sifati bo‘yicha sug‘urtalovchilar reytingida kompaniyamizga eng yuqori — AAA reytingi berildi.
🏆 Bu reyting quyidagi miqdoriy va sifat ko‘rsatkichlardan kelib chiqib baholangan:
- 🔹 sug‘urta da’volarining qanoatlantirilganlik darajasi;
- 🔹 sug‘urta to‘lovlarining o‘z vaqtida to‘langanligi;
- 🔹 to‘lovga qobiliyatlilik marjasining yetarliligi;
- 🔹 investitsiya faoliyati samaradorligi;
- 🔹 xalqaro reytinglarning mavjudligi;
- 🔹 yangi sug‘urta mahsulotlarining joriy etilganligi va boshqalar.

Bizni tanlagan va ishongan barcha mijozlarimizga samimiy minnatdorchilik bildiramiz!
"O‘zagrosug‘urta" AJ — O‘zbekiston sug‘urta bozorining barqaror va ishonchli ishtirokchisi sifatida faoliyat yuritishda davom etadi.
Yillar davomida oqlangan ishonch!


