Oʻzagrosugʻurta AJ ishga taklif etadi
“Oʻzagrosugʻurta” AJ (matnda bundan buyon – Jamiyat deb yuritiladi) Jamiyat Boshqaruvining Komplayens nazorat departamenti direktori lavozimiga munosib nomzodlarni jalb qilish maqsadida tanlov e’lon qiladi.
Lavozim majburiyatlari, nomzodlarga quyiladigan talablar, tanlov bosqichi, ishtirok etish shartlari haqida quyida tanishishingiz mumkin.
Nomzod:
- O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda faoliyati bilan bog‘liq O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi qarorlari, boshqa normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini bilishi;
- rahbarlik lavozimida kamida 1 yillik mehnat stajiga ega yoxud rahbariyat tavsiyasiga ega bo‘lgan xodim bo‘lishi;
-korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amaliy ish tajribasiga ega bo‘lishi.
Nomzodga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- oliy ma’lumotli (yuridik, iqtisod va moliya mutaxassisliklari) bo‘lishi;
- moliya, soliq, komplaens nazorat, audit va ichki nazorat, iqtisod, юриспруденция bilan bogʻliq sohalarda kamida 3 yillik ish tajribasi;
- sug‘urta sohasining birlamchi bilimlariga ega bo‘lishi;
- kompyuterda ishlashni mukammal bilish (Microsoft Office, Excel, Word, PowerPoint, Outlook, Internet);
- tilni bilish darajasi - o‘zbek va rus tillari (boshqa tillarni bilish ustunlik beradi);
- hujjatlar nomenklaturasini yuritishni hamda ish yuritishda kerak bo‘ladigan barcha rasmiy hujjatlarni tayyorlashni bilishi lozim;
- faoliyat boʻyicha xizmat safarlariga tayyor boʻlish;
- sudlanmagan va jinoiy javobgarlikka tortilmagan boʻlishi.
Nomzodga yaratilgan sharoitlar:
- O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksiga asosan ishga qabul qilinadi. Ofisda faoliyat yuritadi (ish nuqtayi nazardan xizmat safarlariga yuboriladi);
- barcha zaruriy moddiy texnik baza bilan ta’minlanadi;
- besh kunlik ish tartibi. Ish vaqti soat 09:00-18:00 gacha, tushlik soat 13:00 - 14:00.
Tanlov quyidagi bosqichlarda oʻtkaziladi:
- hujjatlar qabuli;
- hujjatlarni koʻrib chiqish va baholash;
- test sinovlarini oʻtkazish;
- Jamiyat tanlov komissiyasi bilan individual suhbat (test sinovlaridan 70 foizdan yuqori natijaga erishgan nomzodlar bilan)
- Tanlov g‘olibi bilan O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi komissiyasi individual suhbati.
Ish haqi shtatlar jadvaliga asosan belgilanadi. Ish haqidan tashqari, mukofotlar, qoʻshimcha toʻlovlar va ustamalar qoʻllaniladi. Amaldagi mehnat qonunchiligiga muvofiq ish olib boriladi.
Tanlovda ishtirok etish uchun talabgor-nomzodlar vakant@agros.uz elektron pochta manziliga kerakli hujjatlarni (pasport, diplom(lar) va uning ilovalari, mehnat daftarchasi, sudlanmaganlik toʻgʻrisida ma’lumotnoma va ob’ektivka) yuborish lozim.
Hujjatlar 2025-yil 18-aprel (mazkur kun hisobda) qadar qabul qilinadi.
Batafsil ma’lumotlarni quyidagi telefon raqami orqali olishingiz mumkin: (71) 203-20-22. Ichki raqam 1018, 1019, 1020.
Ishga marhamat!