uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xodimlari Uchun Raqobatdoshlikni Boshqarish Bo‘Yicha Seminar Tashkil Etildi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari uchun raqobatdoshlikni boshqarish bo‘yicha seminar tashkil etildi

Bugungi kunda xizmat ko‘rsatuvchilar va ishlab chiqaruvchilar uchun raqobatbardoshlikni saqlab qolish muvaffaqiyatli biznes yuritishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati xodimlari uchun “Raqobatdoshlikni boshqarish” mavzusida o‘quv seminari tashkil etildi. 

Tadbir davomida mutaxassislar raqobatbardoshlik tushunchasi, uning darajalari va unga ta’sir etuvchi omillar haqida tushuntirish berishdi. Mahalliy bozor sharoitidan kelib chiqqan holda, amaliy misollar asosida muhim strategiyalar muhokama qilindi.

Seminarda, shuningdek, viloyat filiallari uchun raqobatbardoshlikni oshirishga qaratilgan ustuvor vazifalar belgilandi hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.

Tadbir yakunida jamiyat xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va mutaxassislar bilan jonli munozara olib borishdi.