"O‘zagrosug‘urta” AJda an'anaviy tarzda o‘tkazilib kelinayatgon haftalik o‘quv mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.
Unda Jamiyatning Sug‘urta xizmatlarini elektron shaklda ko‘rsatishning huquqiy asoslari, sug‘urta da‘volarini ko‘rib chiqish muddatlari hamda sug‘urta da‘volarini ko‘rib chiqishda ijro intizomi. Agros online V2 dasturi unga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgarishlar to‘g‘risidagi yangiliklar bilan tanishtirildi.
Sug‘urta da’volari departamentining malakali mutaxassislari tomonidan tizimda faoliyat ko‘rsatayotgan xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirish maqsadida sug‘urta da’volari bo‘yicha kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish jarayonlarini nazorat qilib turuvchi Agros online V2 dasturi imkoniyatlari amaliy tarzda ko‘rsatib berildi.
Tadbirda videokonferensaloqa orqali Boshqaruv mutaxasislari hamda hududiy filiallar mas’ul xodimlari ishtirok etdi.
Seminar so‘ngida Jamiyat hodimlari tomonidan qiziqarli savol javoblar bo‘lib o‘tdi.