“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari malakasini oshirmoqda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2-avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining sug‘urta bozorini isloh qilish va uni jadal rivojlantirishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PQ-4412-sonli qarori ijrosini ta’minlash, shuningdek, 2023-yil
6-aprelda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti va “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik memorandumiga ko‘ra, Universitet bilan birgalikda ta’lim, fan va ishlab chiqarishning innovatsion hamkorligini amalga oshirish asosida innovatsion-korporativ hamkorlikni yo‘lga qo‘yish O‘zbekiston sug‘urta bozoriga sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish malakali xodimlar tayyorlash va ularni malakasini oshirish maqsadida, o‘quv kurslari tashkillashtirish nazarda tutilgan bo‘lib, unda Jamyatning barcha tizimidan xodimlar ishtirok etishadi.
2024-yilning 11-15-noyabr kunlari ushu dars mashg‘ulotlarining birinchi bosqichi tashkil qilindi. Bu mashg‘lotlarda barcha hududlardan 25 nafar xodim sug‘urta va iqtisodiy yo‘nalishlarda o‘z bilimlarini oshiradilar.
Bu kelgusida mijozlarga malakali xodimlar tomonidan yanada sifatli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishini ta’minlaydi.