Diqqat diqqat!
“O‘zagrosug‘urta” AJ xalq orasida o‘z imedjini yanada kengroq targ‘ib qilish maqsadida - qisqa va jarangdor, barcha uchun tushinarli, esda qoluvchi, jozibador bo‘lgan atoqli nom yaratish uchun takliflarni qabul qiladi!
Shoshiling, takliflaringizni yuboring!
Takliflarni ko‘rib chiqishda 2 (ikki) (o‘zbek, ingliz) tiliga moslashtirilganligi, ma’nosini saqlab qolishi ahamiyatlidir. O‘z namunangizni ishlab chiqing va info@agros.uz elektron pochtasiga jo‘nating.
Takliflar quyidagi mezonlar bo‘yicha tanlab olinadi:
– tashkilot falsafasi, missiyasi va qadriyatlarini aks ettirishi;
– nom g‘oyasining teranligi va lo‘ndaligi (5-6 harfdan oshmasligi);
– bosma va nobosma materiallar, brendlashtirilgan mahsulot va korporativ sovg‘alariga moslashuvchanligi;
– kreativligi va yangichaligi.
Takliflar 2024-yilning 10-oktyabridan 20-oktyabriga qadar qabul qilinadi.
Maqbul kelgan taklif egasi Jamiyat tomonidan taqdirlanadi.