“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati faoliyati sifat menejmenti tizimi bo‘yicha ISO 9001:2015 xalqaro standarti talablariga muvofiqligi tasdiqlandi.
“O‘zagrosug‘urta” AJ 2024-yil 30-avgust kuni ISO 9001:2015 xalqaro standartida belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash maqsadida navbatdagi kuzatuv auditi o’tkazildi.
O‘tkazilgan kuzatuv auditida kompaniyaning;
- Xududiy markazlarida mijozlar bilan ishlashda samarali usullarni tashkil etilganligi;
- Malakali kadrlar bilan ta’minlanganligi;
- Sug‘urta shartnomalarini doimiy ravishda takomillashtirilib borilishi;
- Sug‘urta bozoridagi mijozlar talablarini o‘rgangan holda yangi sug‘urta mahsulotlarini yaratish kabi bir qator jixatlari yuqori darajada ekanligi qayd etildi.
Ushbu audit xulosasi “O‘zagrosug‘urta” AJda yuridik va jismoniy shaxslarga yuqori sifatli sug‘urta xizmatlari ko‘rsatilishda joriy qilingan ISO 9001:2015 sifat menedjmenti tizimi xalqaro standart talabiga muvofiqligi - tan olinganligini belgilaydi.