en
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Ichki Turizmdagi Navbatdagi Manzil Zomin Manzaralari.

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ ichki turizmdagi navbatdagi manzil Zomin manzaralari.

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-232-son qaroriga muvofiq, “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil!” dasturi doirasida tashkil etilgan galdagi sayohat manzili Jizzax viloyatining Zomin dam olish maskanida bo‘ldi.

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati Boshqaruvi va kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan tashkil etilgan ichki sayohat turizmi Yurtimizning go‘zal manzaralaridan bahramand bo‘lish maqsadida tabiat qo‘yniga tashkil etildi.

Xodimlar sayohatni “Ma’rifatli” jome masjidini ziyorat qilish bilan boshlashdi. Keyingi manzil xotira maydoni, Zomin suv ombori va qo‘riqxonasi atrofadagi ming yillik archazorlar manzaralarini ko‘rish bo‘ldi. Tabiat qo‘yniga tashqil etilgan bunday sayohatlar xodimlarda, tog‘ havosidan nafas olib sog‘lomlashish, ona tabiatni asrash va qadrlash kabi Vatanparvarlik hislarini uyg‘otishga xizmat qiladi.