en
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Xodimlari Tеatrga Borishdi

image

“O‘ZAGROSUG‘URTA” XODIMLARI TЕATRGA BORISHDI

“O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida har oyning oxirgi juma kuni o‘tkazib kelinayotgan “Teatr kuni” doirasida Jamiyatning Qashqadaryo viloyati filiali xodimlari teatrda madaniy hordiq chiqarishdi. 

Filial xodimlari Qarshi shahridagi Mulla Tuychi Toshmuxammedov nomidagi viloyat musiqali drama teatrida bo‘lib, “Aldagani ayol yaxshi” nomli spektaklni tomosha qilishdi. 

Jamiyat Boshqaruvi tomonidan ishlab chiqilgan xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning madaniy hordiq chiqarishi uchun yetarli sharoit yaratishga oid chora-tadbirlar doirasidagi bunday tadbirlar barcha hududiy filiallarda davom etmoqda.