uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Mеhnat Faxriylari “O‘Zagrosug‘Urta” Ardog‘Ida

image

MЕHNAT FAXRIYLARI “O‘ZAGROSUG‘URTA” ARDOG‘IDA

9-may kuni nafaqat “Xotira va qadrlash kuni” sifatida Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini yodga olish, balki, mamlakat taraqqiyoti uchun o‘z hissasini qo‘shgan faxriylarni e’zozlash, ularning holidan xabar olish an’anasi shakllangan. 

Bayram arafasida aksariyat mehnat jamoalarida sana munosabati bilan uzoq yillar mehnat qilgan, yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shgan faxriy xodimlar yo‘qlanib, holidan xabar olinmoqda. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ Boshqaruvi rahbariyati tashabbusi bilan bu gal ham mazkur an’ana davom ettirildi. Jamiyat Boshqaruvi hamda uning tizimidagi tashkilotlarda uzoq yillar munosib mehnat qilib, hozirda keksalik gashtini surayotgan bir guruh otaxon va onaxonlar holidan xabar olindi, ularga esdalik sovg‘alari ulashildi.

– Umrimning eng qizg‘in pallasi “O‘zagrosug‘urta”da o‘tgan, – deydi Mashhura aya Azimova. – Ushbu jamoada mehnat qilish asnosida ko‘p narsani o‘rgandim, hayotimda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirdim. Bolalarimni yaxshi tarbiyalab, uyli-joyli qildim.