uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“OʻZagrosugʻUrta” Aj Xodimlari Uchun Malaka Oshirish Kurslarining Navbatdagi Bosqichi Yakunlandi

image

“Oʻzagrosugʻurta” AJ xodimlari uchun malaka oshirish kurslarining navbatdagi bosqichi yakunlandi

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida “ Zamonaviy boshqaruv va boshqaruv mahorati ”yoʻnalishida kurslar tashkil etilmoqda.

 

Tinglovchilar quyidagi mavzular boʻyicha bilim va koʻnikmalarni egalladilar:

Ixcham va samarali davlat boshqaruv tizimiga oʻtishning ahamiyati;

Oʻzgarishlarni boshqarish: asosiy modellar va tamoyillar;

Boshqaruvda tizimli tahlil;

Inson resurslarini boshqarish va motivatsiyalash;

Rahbar xodimning zamonaviy qiyofasi;

Samarali jamoani shakllantirish;

Vaqtdan unumli foydalanish;

Rahbarning muloqot samaradorligi;

Emotsional toliqish va uning oqibatlarini bartaraf etish.

Malaka oshirish kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga Akademiya rektori A.Bekmurodov tomonidan sertifikatlar topshirildi.