uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Xizmat Sifatini Oshirishga EʼTibor Qaratilmoqda

image

Xizmat sifatini oshirishga eʼtibor qaratilmoqda

    “UZINSURANCE” kompaniyasi koʻrsatilayotgan xizmatlarni zamon talablari asosida tashkil etish uchun hududlardagi filiallar xodimlarining malakasini oshirish maqsadida maxsus oʻquv dasturi asosida oʻquv seminarlar tashkil etildi.

     Surxondaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlarida oʻtkazilgan oʻquvlar jarayonida ishtirokchilarga kompaniyaning ustuvor vazifalari, rivojlantirish istiqbollari, transformatsiya jarayoni hamda Oʻzbekistonda sugʻurta bozorining holati, amaldagi qonunchilikka kiritilayotgan oʻzgartirishlar xususida batafsil maʼlumotlar taqdim etilmoqda. Shuningdek, sugʻurtaning mohiyati, shakli va turlari, sugʻurta atamalari hamda sugʻurta shartnomasi xoijiy tajriba haqidagi tushunchalari boyitilmoqda.

    Taʼkidlash joiz, sugʻurta xizmatlarini koʻsatishda sugʻurta agentalarining oʻrni muhim. Shu maʼnoda sugʻurta agenti etikasi, mijozlarga xizmat koʻrsatish, muzokaralarni samarali tashkil etish usullari borasidagi yangi tendensiyalar, sugʻurta mahsulotlarini sotish texnologiyasi, korporativ mijozlar bilan ishlash kabi muhim yoʻnalishlar eʼtibor markazida boʻlmoqda.

    Albatta, bu kabi tadbirlar xodimlarning bugungi kunda sugʻurta sohasidagi islohotlar, qonunchilikdagi oʻzgarishlar bilan yaqindan tanishtirish, aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan sugʻurta xizmatlari sifatini yaxshilash, sugʻurta qamrovini oshirish hamda sugʻurta agentlik tarmoqlarini kengaytirish,  kompaniyaning sugʻurta bozoridagi mavqeini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

   Savol-javob, fikr-mulohaza, takliflarga boy oʻtayotgan oʻquvlar mamlakatimizning boshqa hududlarida ham davom ettiriladi.

“UZINSURANCE” Axborot xizmati