uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj: Korrupsiya - Taraqqiyotga Tahdid

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ: Korrupsiya - taraqqiyotga tahdid

Ma’lumki, 2025-yil 26-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi e’lon qilindi. “O‘zagrosug‘urta” AJda o‘kazilgan seminarda murojaatnomadagi komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat kuchaytirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ko‘rib chiqildi.

Tadbirda davlatimiz rahbarining: “Korrupsiya – davlat taraqqiyotiga to‘siq bo‘ladigan, adolat va qonun ustuvorligini izdan chiqaradigan, jamiyatda ishonch muhitini zaiflashtiradigan eng jiddiy tahdid. Korrupsiyaga yo‘l qo‘yish esa islohotlarimizga xiyonatdir! Bu illatga qarshi kurashish bo‘yicha 2026-yilda “favqulodda holat” e’lon qilamiz”, – deya aytgan so‘zlari yana bir bora seminar ishtirokchilariga yetkazldi.

Jumladan, 2025-yil 30-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-270-son Farmoni qabul qilindi.

 Jamiyat tizimidagi xodimlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, ularning korrupsiyaga qarshi kurashish va uni oldini olish borasidagi bilim va ko‘nikmalarini doimiy ravishda oshirib borish hamda bunday illatga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish yuzasidan aniq vazifalar belgilab olingan.

“O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyati boshqaruvida hamda hududiy filiallarida korrupsiya va qonunbuzilish holatlarining oldini olish bo‘yicha doimiy ravishda seminar va davra suhbatlari tashkil etilib, unda huquqni muhofaza qilish organlarining tajribali mutaxassislari o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqda.

Korrupsiyaga qarshi kurashishga oid ichki nazorat tizimini samarali joriy etish maqsadida 15 tadan ortiq ichki idoraviy hujjatlar qabul qilindi. Jamiyatning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari tomonidan jami 8 marotaba nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Korrupsiya — shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini yoxud oʻzga shaxslarning manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etishdir - deydi Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining sudyasi Abdulla Rahimov.

- Bugungi suhbatimiz ham olib borilayotgan targ‘ibot ishlarining mantiqiy davomi bo‘lib, Prezidentning Oliy Majlisga xamda O‘zbekiston xalqiga murojaatnomasi va farmon ijrosidan kelib chiqadigan ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazildi. Unda Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudining tajribali sudyalari B. Toʻrayev, A. Xayitboyev, U. Xusanovlar ham ma’ruza qilishdi hamda o‘zlarining tajribalaridan, yorqin misollar orqali korrupsiyaga qarshi kurash borasida ko‘rilayotgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berishdi.

Tadbir yakunida mavzu doirasida fikr-mulohazalar almashinildi hamda ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.