“O‘zagrosug‘urta” AJ — “Faol sug‘urta agenti” tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Aholiga tezkor va qulay sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, shuningdek, sug‘urta agentlarining faolligini oshirish maqsadida “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan “Faol sug‘urta agenti” nomli sovrinli tanlov o‘tkazildi. Tanlov jarayonida agentlar o‘rtasida haqiqiy raqobat muhiti yuzaga keldi.
Tanlovda ishtirok etgan sug‘urta agentlarining faoliyati tahlil qilinib, ularning sug‘urta mukofoti tushumlari asosida nomzodlar saralandi. G‘oliblar esa tasodifiy tanlov (random generator) orqali aniqlanib, ularga qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.
Tanlov natijalari quyidagicha:
🏆 1-o‘rin — D.U. Xodjayeva, Buxoro viloyati filiali Vobkent sug‘urta markazi — Misr (Sharm el-Shayx shahriga) 2 kishilik sayohat vaucheri.
🥈 2-o‘rin — quyidagi 3 nafar agent:
- L.A. Mirzabekova, Navoiy viloyati filiali Uchquduq sug‘urta markazi;
- H. Husniddinov, Namangan viloyati filiali Pop sug‘urta markazi;
- B.B. Xatamov, Samarqand viloyati filiali Samarqand sug‘urta markazi — elektrovelosiped sovrindorlari.
🥉 3-o‘rin — quyidagi 10 nafar agent Smart televizor bilan taqdirlandi:
- Z.O. Raxmonov, Farg‘ona viloyati filiali Qo‘shtepa sug‘urta markazi;
- F.Z. Umarov, Samarqand viloyati filiali Kattaqo‘rg‘on sug‘urta markazi;
- G.X. Xalmurzayeva, Surxandaryo viloyati filiali Uzun sug‘urta markazi;
- A.M. Salixov, Toshkent viloyati filiali Toshkent sug‘urta markazi;
- A.X. Abdirimov, Xorazm viloyati filiali Urganch sug‘urta markazi;
- D.B. Artikov, Toshkent viloyati filiali Toshkent sug‘urta markazi;
- X.M. O‘tashev, Samarqand viloyati filiali Qo‘shrabot sug‘urta markazi;
- T.B. Madrimov, Xorazm viloyati filiali Xiva shahar sug‘urta markazi;
- I.I. Ochilova, Buxoro viloyati filiali G‘ijduvon sug‘urta markazi;
- M.Q. Olloberganova, Xorazm viloyati filiali Yangiariq sug‘urta markazi.
🗣 Bu kabi tanlovlar ‘O‘zagrosug‘urta’ tizimida faoliyat yuritayotgan sug‘urta agentlarini rag‘batlantirish, ularning mehnatini e’tirof etish va xizmat sifatini yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
“O‘zagrosug‘urta” AJ kelgusida ham tizimdagi eng faol agentlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tashabbuslarini rag‘batlantirish va mijozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirishga qaratilgan loyihalarni izchil davom ettiradi.