uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Buxorodagi Tabiiy Ofat Uchun 5,5 Mlrd To‘Ladi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ Buxorodagi tabiiy ofat uchun 5,5 mlrd to‘ladi

   Bir yoqdan global pandemiya, tabiiy ofatlar boshqa tomondan xalqimiz uchun juda sinovli va og‘ir kunlarni keltirib, uni boshdan o‘tkazishga majbur qilmoqda. “O‘zagrosug‘urta” aktsiyadorlik jamiyati mas’uliyatni to‘la his etib, oldinda turgan muhim vazifalarni samarali va muvaffaqiyatli amalga oshirishda Hukumat komissiyasiga yelkadosh bo‘lmoqda. Jumladan, kompaniya tomonidan Buxoroda bo‘lib o‘tgan kuchli shamoldan ziyon ko‘rganlar uchun qariyb 5,5 milliard so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berildi.

      Tabiiy ofat viloyatdagi ko‘plab tadbirkorlani hosildan mosuvo qildi. Ularning turar va noturar joylari, mol-mulklariga jiddiy zarar yetkazdi. Joylarda tadbirkorlik faoliyati to‘xtab qolmasligini ta’minlash, olingan kreditlarni o‘z vaqtida qaytarish choralarini ko‘rish bugungi kunda aksar buxoroliklar uchun eng dolzarb masalaga aylandi.

  • Davlatimiz rahbarining yosh tadbirkorlar uchun yaratib bergan imkoniyatlaridan foydalanib, davlatdan olingan kredit hisobiga xususiy bog‘cha ochganmiz, deydi 27 yoshli tadbirkor Bekzod Narzulloev. — “Kinder World” nodavlat ta’lim muassasi Romiton uchun yangilik, muhim strategik ob’ekt hisoblanadi. Chunki bu yerda 3-7 yoshli bolalar uchun eng malakali tarbiyachi murabbiylar o‘zbek, rus va ingliz tillarida tahsil berishadi. Afsuski, kuchli dovuldan bog‘chamizning ichki va tashqi qismiga jiddiy zarar ko‘rdi. “O‘zagrosug‘urta” AJ Buxoro filialining hududiy bo‘linmasi zararni o‘z vaqtida to‘liq qoplash uchun qariyb 77,5 million so‘m to‘lab berishdi. Endilikda faoliyatimizni bemalol davom ettira olamiz. Bundan nafaqat men, balki yuzlab romitonlik bolalar, ularning ota-onalari ham hursand.

 

  Ta’kidlash joizki, hozirgi kunda “O‘zagrosug‘urta” AJ boshqaruvi tomonidan tabiiy ofat zararlarini bartaraf etish ishlari butun viloyat miqyosida kengaytirildi. Tashkil etilgan tezkor ishchi guruhga sug‘urta hodisasi natijasida yuzagan kelgan to‘lovlardan tashqari, kuchli shamol tufayli faoliyatini davom ettirish imkoniyati so‘roq ostida qolgan tadbirkorlik sub’ektlariga ko‘maklashish vazifalari yuklatildi.

  • “Har bir oila tadbirkor” dasturi doirasida bankdan 27 million so‘m kredit olib, sakkiz sotix yerda qurgan issiqxonamizni shamol olib ketdi, deb so‘z ochdi olotlik yosh tadbirkor Kamoliddin Ergashev. — Issiqhonada asosan pomidor, bodring yetishtirishga mo‘ljallangan. Faqat pomidorni o‘zidan 50 million so‘mlik mahsulot sotishni kutgandim. Ilk hosildan kilosi 10-15 ming so‘mdan 250 kg mahsulot sotdim, xolos. Shamol tufayli issiqxona vayron bo‘ldi, birinchi hosildan ham ayrildim. Biroq “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasiga rahmat, faoliyatimni davom ettirish uchun 16,5 million so‘mga yaqin beg‘araz homiylik yordami ko‘rsatildi.  Nasib qilsa, iyulь oyida bodring mavsumidan kattaroq daromad olishga harakat qilaman. O‘zimni 21 yoshimda shunday jiddiy sinovga duch kelishim, tadbirkor sifatida erta sinmaganim uchun “O‘zagrosug‘urta”dan minnatdorman. Bu sohada hatarlarni boshqarish, ular bilan hisoblashish juda muhimligi anglab yetdim. Kelgusida ushbu kompaniya bilan mol-mulk, hosil kabi ihtiyoriy sug‘urta bo‘yicha shartnoma imzolamoqchiman.  

  Umuman, “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan viloyat miqyosida “Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida ajratilgan kredit mablag‘lari qaytarilishi yuzasidan tadbirkorlik xavfini sug‘urta qilish” bo‘yicha  qariyb 850 million so‘m mablag‘lar to‘lab berildi.

  • “O‘zagrosug‘urta” AJ
  • Axborot xizmati