uz
  • info@agros.uz
  • 1186

«O‘Zagrosug‘Urta» Aj Aksiyadorlari Diqqatiga!

image

«O‘zagrosug‘urta» AJ aksiyadorlari diqqatiga!

 «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishi o‘tkazilishi to‘g‘risida ma’lum qiladi.

    Jamiyatning nomi va joylashgan joyi (pochta manzili):

    «O‘zagrosug‘urta» aksiyadorlik jamiyati Toshkent shahri, Chilonzor 19-mavze 61/2-uy.

    Yig‘ilish o‘tkaziladigan sana, vaqt va joy: 2020 yil 29 iyulь 11:00, Toshkent shahri, Chilonzor tumani 19-mavze 61/2-uy, manzilidagi jamiyat majlislar zalida.

    Jamiyat aksiyadorlari reestri tuziladigan sana:

- aksiyadorlarni xabardor qilish uchun – 06.07.2020 yil;

- aksiyadorlar umumiy yig‘ilishida qatnashish uchun – 23.07.2020 yil.

Yig‘ilish kun tartibidagi masalalar:

  1. Sanoq komissiyasi a’zolari soni va shaxsiy tarkibini tasdiqlash.
  2. Aktsiyadorlar umumiy yig‘ilishining reglamentini tasdiqlash.
  3. «O‘zagrosug‘urta» AJ Boshqaruv raisining 2019 yil biznes-rejasining asosiy ko‘rsatkichlarini bajarilishi va jamiyat rivojlanish strategiyasiga erishish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar yuzasidan hisobotini tasdiqlash.
  4. «O‘zagrosug‘urta» AJ Kuzatuv kengashining 2019 yil yakunlari bo‘yicha o‘z vakolat doirasiga kiradigan masalalar yuzasidan hisobotini eshitish.
  5. «O‘zagrosug‘urta» AJning 2019 yil moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish yakunlariga ko‘ra jamiyatning taftish komissiyasi xulosasini eshitish.
  6. Jamiyatning korporativ boshqaruv tizimi va korporativ boshqaruv Kodeks tavsiyalariga rioya qilinishining 2019 yil yakunlari bo‘yicha mustaqil baholanishi natijalari yuzasidan hisobotini eshitish.
  7. «O‘zagrosug‘urta» AJning 2019 yil yakunlari bo‘yicha yillik hisoboti, buxgalteriya balansi, foyda va zarari hisobi bo‘yicha hisoboti va auditorlik tekshiruvi xulosalarini tasdiqlash.
  8. «O‘zagrosug‘urta» AJning 2019 yil yakuni bo‘yicha sof foydasini taqsimlash va dividend to‘lash tartibini tasdiqlash.
  9. Aktsiyadorlar yoki uning qonuniy huquqiy vorisi, yoxud merosxo‘ri da’vo qilish uchun belgilangan muddatda talab qilib olinmagan dividendlarini jamiyat ixtiyoriga o‘tkazish.
  10. Jamiyatning 2020 yil uchun yillik biznes-rejasini tasdiqlash.
  11. Jamiyatning Boshqaruv raisi va o‘rinbosarlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasining muddatini uzaytirish.
  12. «O‘zagrosug‘urta» AJ Kuzatuv kengashi a’zolarini saylash.
  13. «O‘zagrosug‘urta» AJ taftish komissiyasi a’zolarini saylash.
  14. «O‘zagrosug‘urta» AJ tomonidan jamiyatning affillangan shaxslari bilan kelgusida jamiyatning kundalik xo‘jalik faoliyati jarayonida aksiyadorlarning keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda tuzilishi mumkin bo‘lgan bitimni (bitimlarni) hamda yirik bitim (bitimlar) ro‘yxatini aniqlash va tasdiqlash.
  15. «O‘zagrosug‘urta» AJning Audit qo‘mitasini tashkil etish va uning Nizomini tasdiqlash.
  16. «O‘zagrosug‘urta» AJning innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi»ni tashkil etish va uning Nizomini tasdiqlash.
  17. «O‘zagrosug‘urta» AJ tashkiliy tuzilmasini yangi tahrirda tasdiqlash.
  18. «O‘zagrosug‘urta» AJ «Kuzatuv kengashi to‘g‘risida»gi Nizomini yangi tahrirda tasdiqlash.
  19. «O‘zagrosug‘urta» AJ Ustavini yangi tahrirda tasdiqlash.
  20. Jamiyatning kelgusida, keyingi yillik umumiy yig‘ilishigacha bo‘lgan davrda, extimoliy homiylik (hayriya) va boshqa beg‘araz yordam ko‘rsatish (olish)ga bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni tasdiqlash, shu jumladan, Kuzatuv kengashiga, homiylik (hayriya) yoki beg‘araz yordam ko‘rsatish (olish) tartibi va shartlarini belgilash hamda bu borada qaror qabul qilish vakolatini berish.

    Aktsiyadorlarning navbatdagi yillik umumiy yig‘ilishiga doir axborotlar (materiallar) bilan Toshkent shahri, Chilonzor tumani 19-mavze 61/2 uy, joylashgan «O‘zagrosug‘urta» AJning binosida tanishish mumkin. Jamiyatning elektron pochta manzili: info@agros.uz, veb sayti: www.agros.uz.

    Telefon: +998 (71) 216-57-69

    Aktsiyadorlar va ularning vakillari 2020 yil 29-iyulь kuni soat 10:00 dan 10:55 gacha ro‘yxatdan o‘tkaziladi. Aktsiyadorlardan shaxsini tasdiqlovchi hujjatga, aksiyador vakilidan qonunchilikka asosan rasmiylashtirilgan ishonchnomaga ega bo‘lishlari so‘raladi.

Jamiyat Kuzatuv kengashi