uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Farg‘Onalik Haydovchi Avtohalokat Uchun Sug‘Urta Tovoni Oldi

image

Farg‘onalik haydovchi avtohalokat uchun sug‘urta tovoni oldi

 Yaqinda toshloqlik Abduhamid Abduholiqovning boshqaruvida bo’lgan “MAN” yuk mashinasi yo‘l transport hodisasiga uchradi. Avtohalokat oqibatida transport vositasining qator ehtiyot qismlari shikastlandi. 
    — Umrimning ko‘p vaqti yo‘llarda o‘tdi. Uzoq masofalarga yuk tashiyman. Shu kasb ortidan qora qozon qaynab turibdi. Falokat oyoq ostida deyishadi. Inson halokat qachon yuz berishini oldindan bilmaydi. Endi tirikchilik nima bo‘ladi, degan tashvishda edim. Shukurki, sug‘urta kompaniyasi mushkulimni oson qildi. Moshanini qayta ta’mirlash uchun 14 million so’mni qisqa fursatda o’tkazib berishdi. “O‘zagrosug‘urta”ga rahmat, deydi A.Abduholiqov.
    Farg‘ona viloyatida “O‘zagrosug‘urta” AJ filiali tomonidan 2020 yilning o’tgan davri mobaynida qariyb 570 million so’mlik sug’urta qoplamalari to‘lab berildi. Joriy yil 9 oy ichida 370 ga yaqin sug’urta hodisasi bo’yicha to’lovlar amalga oshirildi. E’tiborlisi, mazkur to’lovlarning qariyb 90 foizi aholining salomatligi, yoki garovga qo’yilgan mol-mulklari bilan bog’liq. 
    “O‘zagrosug‘urta” kompaniyasi fursatdan foydalanib,  doim o’z salomatligingiz, mol-mulk yoki tadbirkorlik faoliyatingizni turli moliviy yo‘qotishlardan asrashga odatlanish va sug’urta xizmatlaridan keng foylalanishga chaqiradi.


“O‘zagrosug‘urta” AJ 
Axborot xizmati