uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Shovotlik Ayol Sug‘Urtadan Rozimi?

image

Shovotlik ayol sug‘urtadan rozimi?

    O‘n yoshli maktab o‘quvchisi Dilxush Jumanazarov uyining hovlisida yiqilib, qo‘lini sinridib oldi. U tan jarohati tufayli tuman markaziy shifoxonasida jarrohlik amaliyotini boshdan o‘tqazishiga to‘g‘ri keldi. Ma’lum bo‘lishicha, Dilxush baxtsiz hodisadan sug‘urta qilingan. “O‘quvchilarni baxtsiz hodisalardan sug‘urtalash” polisiga asosan jarrohlik amaliyoti xarajatlari “O‘zagrosug‘urta” AJ Shovot tumani bo‘linmasi tomonidan to‘lab berildi.
    — O‘yinqaroqlik uning tenqurlariga xos. Albatta, hech kim o‘z bolasi bilan baxtsiz hodisa yuz berishini istamaydi. Bunday paytda har bir onani bolaning salomatligi xursand qiladi, aslo  xarajatlarning qoplangani emas. Biroq ba’zida ona-ota borini bergani bilan kasalxona va dori-darmon xarajatlarini qoplanmasligi mumkin. Shunday ekan, farzandlar sog’ligi uchun barcha ota-onalar sug‘urta xizmatlaridan keng foydalanishlarini tavsiya etardim. Zero, sug‘urta yaqinlaringizga yomonlik tilash emas, ularga yaxshi bo’lishini kafolatlash demakdir, — deydi Dilxushning onasi Oyshajon Xolmetova. 
    “O‘zagrosug‘urta” AJ Xorazm viloyati filiali tomonidan 2020 yilning o‘tgan davri mobaynida viloyat miqyosida jami 185 ta baxtsiz hodisa yuzasidan 53 million so‘mga yaqin sug‘urta to‘lovlari amalga oshirilgan.
    Joriy yilning shu kuniga qadar Jamiyat filiali barcha sug‘urta turlari bo‘yicha 756 million so‘mdan ortiq to’lovni amalga oshirganligini qayd etish joiz.
    Hozirda “O‘zagrosug‘urta”  AJ Xorazm viloyati filiali aholiga 100 dan ortiq sug‘urta xizmatlari ko‘rsatib kelmoqda. 


“O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati