uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Namanganda Ixtiyoriy Sug‘Urta Avjida...

image

Namanganda ixtiyoriy sug‘urta avjida...

    Gullar, gulzorlar yurti — Namangan respublikamizning aholi eng ko‘p istiqomat qiladigan viloyatidir. Odamlari yangilikka qiziquvchan va tabiatan tadbirkor. Vodiy ahli turmush tarzini moliyaviy xizmatlarsiz tasavvur qilish mushkul. Sababi tadbirkorlik insonni beixtiyor xatarlar bilan hisoblashishga o‘rgatadi. Sug‘urta esa har qanday ishbilarmon uchun hotirjamlik garovi hisoblanadi.
    “O‘zagrosug‘urta” aksiyadorlik jamiyatining Namangan viloyati filliali ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yilda aholining ixtiyoriy sug‘urta turlariga qiziqishi  sezilarli darajada oshgan. Uning afzal jihatlarini odamlar o‘z kundalik hayotida sezishayotgani ham ayni haqiqat. 
    — Bultur “Har bir oila tadbirkor” dasturi bo‘yicha xorijdan keltirilgan naslli chorva molini boqish uchun davlatdan kredit oldim. Yevropadan keltirilgan sigir o‘zimizni iqlimga moslasha olarmikin, degan hadik bor edi. Shuning uchun jonivorni sug‘urtalagan edik. Afsuski, havotirimiz o’z tasdig‘ini topdi. To‘satdan sog‘in sigirimiz xarom qotdi. Jonimizga “O‘zagrosug‘urta” oro kirdi. O‘n yetti million so‘m sug‘urta tovoni to‘lashdi. O‘sha pulga yana qoramol sotib oldik. Endilikda tadbirkorligimizni davom ettirish bilan birga, olingan kredirlarni qaytarish imkoniyati paydo bo‘ldi. Sug‘urtadan xursandman!”, — deydi Chust tumani “Baymoq” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi Dilfuza Isoqova. 
    Umuman, “O‘zagrosug‘urta” AJ Namangan viloyati filliali tomonidan 2020 yilning o’tgan davri mobaynida 575 ta sug‘urta hodisasi yuzasidan sal kam 4,7 milliard so‘mlik to‘lovlar amalga oshirilgan. To‘lovlar asosan paxta va g‘alla kam hosilligi yuzasidan bo‘lsada, ularning orasida aholi sug‘urtasi salmog‘i ham oshib borayotganligi kuzatish mumkin. Bu moliyaviy xizmat turlari namanganliklar hayotida tobora mustahkam o‘rin olayotganidan dalolat beradi.
    — Maktabda til va adabiyot o‘qituvchisiman. Bizni rayonda deyarli hamma xonadon gilos ekadi. Bozorchilar uydan olib ketishadi. Bunga qo‘shimcha biznes sifatida qaraymiz.  O’tgan yili gilos teraman deb, daraxtdan yiqildim. Yerga orqa tomonim bilan qattiq tushdim. Darhol do‘xtirga olib borishdi. Men miya chayqalishi, o’ng buyrak ichki qon ketishi tashxisi bilan bir necha kun ishga chiqolmadim. Bu haqda sug‘urtaga xabar qilgan edim. Tezda holatni o‘rganib, sug‘urta tovonini to‘lab berishdi. Sug‘urtaning asl mohiyatini anglagan shaxs, usiz turomaydi. Mana xozir uydagi hosilni ham ixtiyoriy sug‘urta qilmoqchimiz,— deydi to‘raqo‘rg‘onlik Nafisa Xolmatova. 


“O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati