uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Malibu Daraxtga Urildi. Kredit To‘Lovi Nima Bo‘Ladi?

image

Malibu daraxtga urildi. Kredit to‘lovi nima bo‘ladi?

    Xalq orasida “o‘zbekka pul tushsa uy quradi, to‘y qiladi yo avtomashina oladi”, degan ibora mashxur. Bugun bu erishib bo‘lmas orzular sirasiga kirmaydi. Har qadamda qurilish, lizing, kredit va boshqa moliyaviy xizmatlar mavjud. Ammo qarzdorlik to‘liq to‘lanmaguncha mol-mulk egasi hisoblanmaysiz. Agar ishingiz, sog‘ligingiz yoki olgan mulkingizga rahna soluvchi xatarlardan himoyalanishga va ularning olidini olishga odatlanmas ekansiz, orzularingiz sarobga aylanishi mumkin.
    Andijon ahli moliyaviy tavakkalchiliklarga eng jur’atli desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki, har qarich yeridan unumli foydalana oladigan dehqon, eng zamonaviy issiqxonalar qurgan ishbilarmon, yangiliklarni birinchilardan bo‘lib hayotga tadbiq etuvchi tadbirkor ayni shu zaminda bisyor. 
    Paxtaobodlik Sardor Fayziev yaxshi niyatlar bilan kreditga “Malibu” oldi. Kutilmaganda yuz bergan avto halokat uning xursandchiligini chippakka chiqarayozdi. 
—  O‘zi yo‘l qoidasiga amal qilmaydigan haydovchilardan emasman. Yo‘llarimiz sifati talabga javob bermagani uchun shu hodisa yuz berdi, deb o‘ylayman. O‘zingiz o‘ylang, yap-yangi moshina sirpanib daraxtga borib urilsa, kimning ham asabi buzilmaydi. Muhimi, o‘zim va boshqalarning sog‘ligiga zarar yetmadi.       Bankdan olingan kredit majburiyatlarim ya’ni ko‘rilgan qariyb 9 millionlik zarar “O‘zagrosug‘urta” AJ kompaniyasi tomonidan qoplab berildi. Yaxshiki, moshina ixtiyoriy sug‘urtalangan edi. Bo‘lmasa, ortiqcha chiqim dard ustiga chipqon bo‘lardi. Shu tarafdan xursandman,  — deydi u. 

   Ixtiyoriy sug‘urta, ya’ni KASKO sug‘urta turi bo‘lib, unga ko‘ra avtomobilning narxi baholanadi hamda umumiy sug‘urtaning 1 foizini to‘lash orqali bir yilga sug‘urta javobgarligi olib boriladi. Bu sug‘urta turi barcha sug‘urta hosidasida ro‘y bergan baxtsiz holatlarni o‘z ichiga oladi. Sodda aytganda, aybdor bo‘lsangiz ham Sizga sug‘urta tovoni to‘lanadi. 

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda “O‘zagrosug‘urta” AJ Andijon viloyati filialida 10 ta tuman bo‘linmasi hamda 7 ta sug‘urta markazi orqali jismoniy va yuridik shaxslarlarga sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatib kelishmoqda. Aholi uchun sifatli xizmatlarni taqdim etish maqsadida bugungi kunda 90 nafar xodimlar va 100 nafardan ortiq sug‘urta agentlari mehnat qilib kelishmoqda.
       “O‘zagrosug‘urta” AJ Andijon viloyati filiali tomonidan joriy yilning o‘tgan davrida 620 ta holat bo‘yicha 1 milliard so‘mdan ortiq sug‘urta tovonlari amalga oshirildi.

“O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati