uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Quyoshli Vohaning Talafotli Yomg‘Iri

image

Quyoshli vohaning talafotli yomg‘iri

    Surxondaryo serquyosh o‘lka. Voha shimol va sharqdan baland Hisor tizmasining tarmoqlari — Boysuntogʻ, Koʻhitangtogʻ, Bobotogʻ bilan oʻralgan. Sheroboddaryo irmoqlari bo’lmish Qoratogʻdaryo, Toʻpolondaryo, Sangardakdaryo, Xoʻjaipok asosan togʻlarning qor-muzliklari va yomg‘irdan toʻyinadi. Biroq viloyat janubidagi keng tekisliklarda doim suv tanqisligi kuzatiladi. Shuning uchun ham vohaliklar nafaqat jazirama issiq, balki kuchli yog‘ingarchilik, sel va suv toshqinidan aziyat chekadi.   
    — Ilgari O‘rmon xo‘jaligida ishlaganman. Turmush o‘rtog‘im, o‘g‘lim, kelinim va ikki nafar nabiram bilan yashaymiz. Qishlog‘imiz tog‘ bag‘rida bo‘lgani uchun biz tomonlarda yomg‘ir juda qattiq yog‘adi. Qishloqda odam yo‘qki, bahordan keyin uyi yoki boshqa imoratini ta’mirlamasa. Bu yil avval bahorda mol-mulkni ixtiyoriy sug‘urtalash mumkinligini bilib, uyni sug‘urta qildik. G‘o‘yo bir narsani oldindan sezganday, bu yil yomg‘ir mavsumi odatdagidan injiq keldi.  Shu odmigina uyimizning zarar yetgan qismi uchun “O‘zagrosug‘urta” tashkiloti 2 million so‘mdan ortiq to‘lov to‘ladi. Meni ko‘rib boshqa qo‘ni-qo‘shnilar ham sug‘urta bilan qiziqib qolishdi. Biz oilamiz bilan sug‘urtadan minnatdormiz, — deydi Boysun tumani “Inkabod” qishlog‘ida yashovchi Jo‘raqul Norqobilov.
    Ta’kidlash joizki, kuchli shamol va yom‘g‘ird

 — Uyimiz Sherabod daryosiga yaqin. Tinimsiz yomg‘ir yog‘ib, daryo o‘zanidan chiqishiga olib keldi. Kuchli sel qishloqdagi o’nlab uylarni yuvib ketdi. Shu jumladan bizni imoratimiz zarar ko‘rdi. Ochig‘ini aytsam, “Dadamiz” tuman Qishloq xo‘jaligi bo‘limida oddiy ishchi bo‘lib ishlaydi. O‘zim uy bekasi, ikki nafar farzandimiz bor. Har yili uy ta‘mirlashga sharoitimiz to‘g‘ri kelmaydi. Hayriyatki, turmush o‘rtag‘im uyni sug‘urtalatgan ekanlar. Bo‘lmasa, shundoq ham qurilishi yakuniga yetmagan imoratlarimizning bitkazish yana orqaga surilardi. Uyning shamoldan zarar yetgan qismi uchun sug‘urta kompaniyasi to‘liq qoplab berdi. Buning uchun “O‘zagrosug‘urta”dan minnaddormiz.  Xudo xohlasa kelgusi mavsum butun ovulimiz bilan imoratlarimizni sug‘urta qilamiz. Kun sayin qishlog‘mizda sug‘urtaga qiziqish ortmoqda, — deydi sherabodlik Oysuluv Qurbonova. 
    Eslatib o’tamiz, “O‘zagrosug‘urta” AJ Surxondaryo viloyati filiali tomonidan joriy yilning o‘tgan davri mobaynida qariyb 400 ta sug‘urta hodisasi bo‘yicha 10 milliard so‘mga yaqin to‘lovlar  amalga oshirilgan.
 
                                                                                              “O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati