uz
  • info@agros.uz
  • 1186

"O‘Zagrosug‘Urta" Aj Milliy Matbuot Markazida Press-Konferensiya O‘Tkazdi

image

"O‘zagrosug‘urta" AJ Milliy matbuot markazida press-konferensiya o‘tkazdi

    Bugun poytaxtimizdagi Milliy matbuot markazida “2020 yil 9 oyda erishilgan natijalar va 2021 yildagi ustuvor vazifalar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.

    Anjumanda soha mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etishdi. Tadbir savol-javoblarga boy, interaktiv ruhda o‘tgani bilan ishtirokchilarga iliq ta’surot qoldirdi. Quyidagi havola orqali matbuot anjumanini to‘liq ko‘rishingiz mumkin. 

 Ta’kidlash joizki, “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan  2020 yil 9 oy davomida ta’minlangan sug‘urta mukofotlari hajmi 144,2 milliard so‘mni tashkil etdi. Jumladan: aholi sug‘urtasi bo‘yicha 32,5 milliard so‘m, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi bo‘yicha 57,4 milliard so‘m va boshqa sug‘urta turlari bo‘yicha 54,3 milliard so‘m sug‘urta mukofotlari ta’minladi. 
    Keyingi yillarda Jamiyatning to‘lov qobiliyati tobora mustahkamlanmoqda. Jumladan, hisobot davrida jami aktivlar hajmi 321,6 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, rentabellik borasida 2,7 milliard so‘m sof foyda ko‘rsatkichlariga erishildi. 
    2020 yil 9 oy davomida bir milliondan ortiq sug‘urta shartnomalari tuzildi, bu respublika sug‘urta bozorida rasmiylashtirilgan jami shartnomalarning qariyb 26 foizga to‘g‘ri keladi.
    “O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida axborot texnologiyalarni rivojlantirish, aholimizga, birinchi navbatda, yoshlarga, tadbirokor va fermerlarimizga elektron xizmat ko‘rsatish masalasiga alohida e’tibor berilmoqda. Misol uchun, joriy yilda barcha hisobotlarni qog‘oz shaklidan voz kechib, ularni elektron dastur asosida shakllantirish va umumlashtirish, xalqaro standartlar asosida buxgalteriya va moliya hisobotlariga o‘tish vazifalalari bosqichma-bosqich amalga oshirmoqda. Ushbu ko‘rilgan izchil chora-tadbirlar samarasi o‘laroq, Jamiyat global pandemiya davrida ham sug‘urta tovonlarini to‘lash bo‘yicha sug‘urta bozorida yetakchilik qildi. 
    Aytish joizki, joriy yilning aprelь-may oylarida Buxoro, Navoiy, Xorazm, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida kuchli shamol va yomg‘irdan, shuningdek, “Sardoba” suv ombori buzilishi natijasida kelib chiqqan zararlarni qoplashda Kompaniyada izchil chora-tadbirlar ko‘rildi. Ayniqsa, karantinning dastlabki kunlarida qariyb 15 milliard so‘mlik sug‘urta tovonlari qisqa muddatlarda to‘lab berilganligini alohida ko‘rsatish mumkin. 
    Umuman, Jamiyatimiz tomonidan 2020 yilning 9 oy davomida 61 milliard so‘mdan ortiq sug‘urta tovoni to‘lab berildi. Bu respublika sug‘urta bozorida jami to‘langan sug‘urta tovonlarining qariyb 25 foizi “O‘zagrosug‘urta” AJ ulushiga to‘g‘ri kelganidan dalolat beradi. 
    2020 yil kompaniyaning moliyaviy holati uchun salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi hodisalarga boy bo‘lganiga qaramay, yil yakunlari bo‘yicha "O‘zagrosug‘urta" AJ tomonidan belgilangan sof foyda prognoz ko‘rstakichlarini bajarilishi rejalashtirilmoqda. 
    So‘nggi so‘z o‘rnida, “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan 2021 yilda ustuvor yo‘nalish etib Davlatimiz rahbari tomonidan Murojaatnomada ko‘rsatib o‘tilgan, kadrlar malakasini oshirish, raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish hamda xalqaro bozorlarda yangi segmentlarni va eksportni ko‘paytirish kabi muhim va dolzarb vazifalar belgilangan. 
     2021 yilga mo‘ljallangan eng asosiy vazifalardan yana biri O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 27 oktyabrdagi “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6096-son Farmoni ijrosini ta’minlashdir. Farmonga asosan Jamiyatning Respublika hamda xalqaro sug‘urta bozorlarida ishonchli va barqaror imidjini shakllantirish maqsadida rebrending, xalqaro standartlarga mos boshqaruv tizimini joriy qilish, shuningdek, kompaniyada to‘liq transformatsiya masalalarini amalga oshirishdan iboratdir. 


“O‘zagrosug‘urta” AJ 
Axborot xizmati.