uz
  • info@agros.uz
  • 1186

Qoraqalpog‘Istonda Aksiya G‘Oliblari Taqdirlandi

image

Qoraqalpog‘istonda aksiya g‘oliblari taqdirlandi

     Kuni kecha “O‘zagrosug‘urta” AJ Xo‘jayli tumani sug‘urta markazi tomonidan tashkil etilgan navbatdagi aksiya yakuniga yetdi. G’oliblar markazda majburiy avtotransport sug‘urtasi bo‘yicha polis rasmiylashtirgan haydovchilar orasidan tasodifiy tanlash orqali aniqlandi. Ularga sovg‘a sifatida zarur anjomlar (videoregistrator, antiradar) taqdim etildi. Aksiya 2020 yil fevraldan boshlab har oy oxirida o‘tkazilmoqda. 
    — Ushbu aksiya ilk marotaba “Transport vositalri egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” sug‘urta polislarini xarid qilgan mijozlar o‘rtasida Xo‘jayli tumanida tashkil etildi. Natijada polis sotuvi 20-25 foizga oshdi. Kelgusida “O‘zagrosug‘urta” AJ ning Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi 5 ta sug‘urta markazida ham bunday aksiya davom etishi mumkin. Bu haqda kompaniya filialiga taklif berganmiz. Taklifimiz ularga ma’qul keldi. Endi aksiya Nukusda ham bo‘lib o‘tadi, — deydi “O‘zagrosug‘urta” AJ Xo‘jayli tumani sug‘urta markazi rahbari Ozod Quljanov. 
    Navbatdagi g‘oliblar joriy yilning 20 dekabr sanasida Nukus bo‘linmasi tomonidan tasodifiy tanlash yo‘li bilan aniqlanadi.
    Barcha aksiya ishtirokchilariga omad tilaymiz!

“O‘zagrosug‘urta” AJ
 Axborot xizmati