uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Murojaati

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ murojaati

    Ma’lumki, 2020 yil barchamiz uchun sinovli kunlarga boy bo‘ldi. Global pandemiya, tabiiy ofatlar va texnogen talafotlar tufayli ko‘plab vatandoshlarimizning uy-joyi va boshqa mol-mulklariga butkul yoki qisman zarar yetganligi hech birimizga sir emas. Mazkur ko‘ngilsiz hodisalar oqibatlarini yumshatish va aholini ijtimoiy himoyalashda Davlatimiz rahbari va Hukumat darajasida keng ko‘lamli sai-harakatlar amalga oshirilganini e’tirof etish joiz.
    Shu bilan birga, ushbu hodisalarda zararlarni qoplash asosan sug‘urta kompaniyalari zimmasiga tushdi. Biroq aholi mol-mulklarining sug‘urta qilinmagani bois tabiiy ofatdan ko‘rilgan zararlarni qoplashda sug‘urtalovchi tashlikotlarning ishtiroki olingan majburiyatlari bo‘yicha va tegishli tavsiya asosida amalga oshirildi. Buning sababi, “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan 2020 yilda “Aholi mol-mulkini sug‘urta qilish” polisi bo‘yicha 319 million so‘m sug‘urta tovonlari to‘lab berilgan. Bu kompaniyamiz to‘lagan umumiy sug‘urta tovonlarining 0,5 foizini tashkil qiladi. Biroq, bu mablag‘lar ko‘rilgan asl zararning juda kichik qisminigina qoplashga yetadi xolos. 
    Ko‘pincha savol tug’iladi, “sug‘urta kompaniyalari ko‘rilgan zararni to‘liq qoplab berisha olmadi” - degan. Buning uchun aholi mol-mulklari va imoratlarini haqqoniy bozor narxidagi qiymatidan kelib chiqib sug‘urta shartnomasi tuzilishi lozim. Ya’ni, misol uchun uy-joyingiz 100 million so‘m baholandi, sug‘urta uchun to‘lanadigan to‘lov o‘tacha 300 ming so‘mni tashkil qiladi, shunda 300 ming so‘m evaziga 100 million so‘mlik zararingizni oldi olinadi. Sug’urtaning afzalligi ana shunda ko‘rinadi. Shuning uchun Yevropa davlatlarining aholisi sug’urtasiz hayotini tasavvur qilisha olmaydi.
    Ta’kidlash o‘rinli, sug‘urtalovchi kompaniyalar zararlarni yig‘ilgan sug‘urta mukofotlari hisobidan qoplaydi. Tuzilgan sug‘urta shartnomalariga ko‘ra, sug‘urta tashkilotining moddiy zaxirasi shakllanadi. Shuning uchun har qanday sug‘urta kompaniyasi birinchi navbatda olingan majburiyati va daromadi haqida o‘ylaydi. Aslida moliyaviy xizmat ko‘rsatuvchi har qanday kompaniya, avvalo daromad haqida qayg‘uradi. 
    Shundan kelib chiqib, “O‘zagrosug‘urta” AJ respublikamiz ahlini, ayniqsa tog‘li, tog‘oldi va boshqa tabiiy ofatlardan zararlanish ehtimoli yuqori bo‘lgan hududlarda istiqomat qiluvchi aholi vakillarini uy-joyi, mol-mulklari, chorva hayvonlari hamda boshqa moddiy qiymatga ega bo‘lgan mulklarini sug‘urtalashga chaqiradi.
    “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan beriladigan polis Sizning uy-joyingiz yoki mol-mulkingizni quyidagi xatarli holatlardan himoyalaydi:
► toshqinlar, bo‘ronlar, dovullar, yomg‘irlar, do‘llar va uzoq davom etgan yomg‘irlar;
► kuchli qor yog‘ishi, qor ko‘chkisi, cho‘kish, ko‘chkilar;
► er osti suvlari harakatlari, toshqin, chaqmoq chaqishi, zilzila, yong‘in;
► samolyotlarning qulashi, portlash, baxtsiz hodisalar, sanitariya-tesisat tizimlarining kashfiyoti;
► o‘g‘irlik, talonchilik, uchinchi shaxslarning qasddan noqonuniy harakatlaridan;
    Barcha mol-mulkingizni turli xatarlardan asrang va xotirjam bo‘ling. Sug‘urta Sizning eng ishonchli hamkoringizdir!

“O‘zagrosug‘urta” AJ
Axborot xizmati