uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Uzinsurance” Andijon Viloyatida Qariyib 1 Milliard So‘Mlik Sug‘Urta Tovonlarini To‘Lab Berdi

image

“UZINSURANCE” Andijon viloyatida qariyib 1 milliard so‘mlik sug‘urta tovonlarini to‘lab berdi

 Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti sharoitida turli mulk shaklidagi xo‘jalik sub’ektlari, qolaversa oddiy odamlar ham turli ko‘rinishdagi tavakkalchiliklarga yo‘l qo‘yadilar. Bunday tavakkalchiliklar oqibatida yuz berishi mumkin bo‘lgan hodisalar natijasida moddiy yo‘qotishlar yuzaga kelishi mumkin. Buni to‘g‘ri anglab yetganlar albatta, sug‘urta xizmatlaridan foydalanadilar hamda tavakkalchiliklarni himoyaga oladilar.  

    E’tiborli jihati, bugungi shiddatli va o‘zgaruvchan davrda sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoj ham ortib bormoqda. O‘z navbatida sug‘urta kompaniyalari ham iste’molchilarning talablaridan kelib chiqqan holda bozor shartlariga moslashmoqda, zimmalariga olgan javobgarliklar bo‘yicha to‘lovlarni o‘z vaqtida amalga oshirishmoqda.

    Fikrimizni birgina “UZINSURANCE” (“O‘zagrosug‘urta” AJ) kompaniyasining Andijon viloyati filiali misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, joriy yilning 15 sentabr holatiga filial tomonidan rasmiylashtirilgan sug‘urta shartnomalari soni 61 350 tani tashkil qildi.

    Sug‘urta tashkilotining imkoniyatlari, unga bo‘lgan ishonch to‘lab berilgan sug‘urta tovonlari miqdori bilan o‘lchanishi barchaga ayon. Shunday qilib, o‘tgan davr mobaynida filial tomonidan 453 ta holatda sug‘urtalanuvchilarga qariyb 1 milliard so‘m miqdorida sug‘urta tovoni to‘lab berilgan.

    — Men yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanaman, joriy yilning 5 iyun kuni sodir bo‘lgan YTH oqibatida transport vositamga zarar yetdi — deydi,   Andijon viloyati Buloqboshi tumani Farovon MFY Roxatbaxsh ko‘chasida istiqomat qiluvchi Oybek Baxromov. “O‘zagrosug‘urta” AJga murojaatimizdan so‘ng,  yetkazilgan 6 177 140 so‘m  mablag‘ to‘lab berildi.

    Viloyatning  Qo‘rg‘ontepa tumani Toshloq MFY Tanga topdi ko‘chasida istiqomat qiluvchi hunarmand No‘monjon To‘rkboev xonadonida yong‘in sodir bo‘ladi. "Jismoniy shaxslarning imorat, uy ro‘zg‘or buyumlarini kompleks sug‘urta qilish" sug‘urta turi bo‘yicha polis sotib olgan No‘monjonga yongin natijasida yetgan zarar tufayli  4 526 600 so‘m sug‘urta qoplamasi to‘lab berildi.

    Ta’kidlash lozim, sug‘urta xizmatlari yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarning ishonchli himoyasiga aylanib bormoqda. 

 

“UZINSURANCE”

Axborot xizmati