uz
  • info@agros.uz
  • 1186
image

ASLIDA QANDAY?

 “UZINSURANCE” ( “O‘zagrosug‘urta” AJ) kompaniyasi Axborot xizmatining “Aslida qanday?” nomli  loyihasi davom etadi. Eslatib o‘tamiz,  bugungi kunda sug‘urta sohasida ko‘rsatilayotgan xizmatlar, sug‘urta bozoridagi muammolar, oddiy fuqarolar uchun foydali va qiziq bo‘lgan ma’lumotlarni keng omma e’tiboriga yetkazish loyihaning maqsadi hisobalandi. Loyihamizning navbatdagi ishtirokchisi Sug‘urta da’volari departamenti menejeri Muzaffar Ibragimov bo‘ldi.

 

    Savol: Sug‘urta kompaniyasining asosiy vazifasi bu zararlarni qoplash. Biroq, sug‘urta tovoni olmagan yoki rad etilgan sug‘urtalanuvchilar tomonidan bildirilgan fikr va xulosalar sug‘urta tizimiga ishonchning yo‘qolishiga ta’sir qiluvchi omillardan biri. Aytingchi o‘zi qanday holatlarda sug‘urta tovoni to‘lash rad etiladi? Yoki bu jarayonlar shunaqa murakkabmi?  “O‘zagrosug‘urta” AJda bu jarayon qanday yo‘lga qo‘yilgan?

    Javob: Aslida to‘lov hujjatlarini ko‘rib chiqish jaryoni hujjatlar to‘liq taqdim etilganidan so‘ng amaldagi qonunchilikka muvofiq o‘n besh kundan kechiktirmay (sug‘urta shartnomasida boshqacha tartib belgilanmagan bo‘lsa) ko‘rib chiqilishi yoki to‘lov hujjatlari rad etilgan taqdirda rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini o‘z ichiga olgan holda ariza muallifiga yozma javob berilishi belgilab qo‘yilgan.

Tomonlar o‘rtasidagi javobgarlik sug‘urta shartnomasiga asosan yuzaga keladi. Shunga ko‘ra, sug‘urtalovchining sug‘urta tovoni va sug‘urta pulini to‘lashdan ozod qilish asoslari sug‘urta shartnomasida ko‘rsatib o‘tiladi. Sug‘urta tovoni to‘lashni rad etish asoslari sug‘urta shartnomasida keltirilmagan taqdirda amaldagi qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.

 “O‘zagrosug‘urta” AJ tomonidan aholiga sifatli sug‘urta xizmatlarini ko‘rsatish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Sug‘urta qildiruvchilarning sug‘urta tashkilotiga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda sug‘urta to‘lov hujjatlarining shaffofligini ta’minlash maqsadida to‘lov komissiyasi tarkibiga yuriskonsulьt kiritilgan bo‘lib, bu o‘z o‘rnida har bir murojjatlarni o‘rganib chiqishda o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.

 

    Savol: Sug‘urtalanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lab berishda yuzaga keladigan muammolar qanday hal etiladi? Ushbu muammolar o‘zi nimalardan iborat?

    Javob:  Sug‘urtalanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lab berishda yuzaga keladigan muammolar bir qancha omillar bilan bog‘liq. Masalan, sug‘urta qildiruvchilarning sug‘urta tovonlarini olish maqsadida sug‘urta tashkilotlariga taqdim etilishi talab etiladgan hujjatlar to‘plamining to‘liq emasligini keltirib o‘tish mumkin. Bunday hollarda sug‘urta tashkilotlari sug‘urta hodisasini to‘liq o‘rganib chiqishi, holatga aniq va holis baho berish imkoniyatlari kamayadi va bu o‘z o‘rnida sug‘urta tovoni to‘lab berish muddatlarning uzayishiga olib keladi.

Yana shunday holatlar ham mavjudki, sud, xuquq-tartibot organlari tomonidan sug‘urta hodisasi bo‘yicha tegishli hujjatlarni yozma so‘rovnoma orqali olishda yuzaga keladigan muammolar. So‘rovnoma berilgandan so‘ng 3 (uch) ish kuni davomida nusxalarni taqdim qilish hamda har bir nusxa olish uchun qo‘shimcha harajatlarni to‘lash masalasi ham ushbu muammolar qatoriga kiradi. Vaholanki, “Sug‘urta faoliyati to‘g‘risida”gi Qonunnig 25-moddasida “Huquqni muhofaza qiluvchi organlar, sudlar, tibbiyot, seysmologiya, veterinariya, gidrometeorologiya tashkilotlari hamda boshqa tashkilotlar sug‘urtalovchilarning va adjasterlarning so‘roviga ko‘ra sug‘urta hodisalarining ro‘y berishi sabablari hamda holatlarini, shuningdek sug‘urta tovoni (sug‘urta puli) miqdorlarini sug‘urtalovchi va adjaster tomonidan aniqlash uchun zarur bo‘lgan tegishli axborot va hujjatlarni taqdim etishi shart” - deb ko‘rasatib o‘tilgan.

Sug‘urtalanuvchiga sug‘urta tovonini to‘lab berishda yuzaga keladigan muammolardan yana biri shundaki, sug‘urta tashkilotlarining to‘lov qobiliyati va moliyaviy barqarorligi yetarli darajada emasligidir. Bunday hollarni eng avvalo tegishli turlar bo‘yicha sug‘urta zahiralarini shakllantirish lozim. Masalan, “O‘zagrosug‘urta” AJ tizimida bugungi kunda jamiyat  filialining moliyaviy ahvoli qiyin bo‘lgan vaziyatlarda markazlashgan tizim orqali moliyaviy ko‘mak berilib, mijozlarga o‘z vaqtida sug‘urta tovonlarlari to‘lab berilmoqda.

 

    Savol: Sug‘urta qildiruvchilarga sug‘urta pullarini olishlari uchun qanday yengilliklar joriy etilmoqda?

     Javob: Bugungi kunda sug‘urta kildiruvchilarga tezkor va sifatli xizmat ko‘satish maqsadida, sodir bo‘lgan yo‘l transport hodisalari bo‘yicha voqea joyiga sug‘urtalovchining ishonchli vakillarini (adjaster) jalb qilish va IIB YXHB hodimlari aralashuvisiz yo‘l transport hodisalari xujjatlarni rasmiylashtirish tizimini joriy qilish (Yevroprotokol) tizimi yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu o‘z navbatida yo‘l transprot hodisalari bo‘yicha jabrlanuvchilarga tegishli IIB YXHB  xodimlari tomonidan voqea joyida  hujjatlarni rasmiylashtirishga, ularni o‘rganib chiqishga hamda tegishli sud organlari tomonidan yo‘l transport hodisasi bo‘yicha hujjatlarni ko‘rib chiqishga sarflanadigan muddatlarni qisqarishiga olib keladi hamda sug‘urta tashkilotlaridan yetkazilgan zararlar bo‘yicha sug‘urta tovonlarini tez fursatlarda olishlariga imkon yaratadi.