uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“Uzinsurance”: Samarqanddagi Mijozlar Ishonchi Oqlanmoqda

image

“UZINSURANCE”: Samarqanddagi mijozlar ishonchi oqlanmoqda

 Hozirgi islohotlar davrida boshqa sohalar kabi sug‘urta bozorida ham nisbatan faollik va o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Bu sug‘urta faoliyati ishtirokchilariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan, ayni paytda davom etayotgan integratsiya jarayonlari bilan bog‘liq.

 Iqtisodiyotning turli segmentlarida kuzatiladigan o‘zgarishlar turli tavakkalchiliklarning ortishiga olib kelmoqda va sug‘urta xizmatlariga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda. O‘z navbatida sug‘urta kompaniyalari ham sug‘urta xizmatlari assortimentini sug‘urta bozorining rivojlanishiga qarab kengaytirib bormoqda.

 Bu jarayonlardan “UZINSURANCE” (O‘zagrosug‘urta AJ) kompaniyasi ham mustasno emas. Holatni Jamiyatning Samarqand viloyati filiali misolida tahlil qiladigan bo‘lsak, filial tomonidan 2021 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 3,2 trillion so‘mlik sug‘urta javobgarligi olingan bo‘lib, yig‘ilgan sug‘urta mukofoti salkam 5,5 milliard so‘mni tashkil etdi. Viloyat miqyosida tuzilgan shartnomalar soni esa 87 mingdan oshadi. O‘tgan davr mobaynida mazkur majburiyatlar doirasida mijozlarga 1,8 milliard so‘mlik moliyaviy zararlar qoplab berildi. Shundan 634 million so‘m majburiy sug‘urta turlari bo‘yicha amalga oshirilgan bo‘lsa, 553 million so‘mlik sug‘urta tovonlari ihtiyoriy sug‘urta turlariga to‘g‘ri keladi.

    Viloyatning Tayloq tumani Bog‘izag‘on MFYnida istiqomat qiluvchi, ayni paytda nafaqada bo‘lgan Xaydarov Ziyodullaga tegishli ISUZU NQP 71 PL rusumli avtomashina Pastdarg‘om tuman xududidan o‘tgan 4R 51 avtomobil yo‘lida YTX natijasida moddiy zarar ko‘rgan. Xaydarov Ziyodullaning avtomashinasi “O‘zagrosug‘urta” AJning Garovga qo‘yilayotgan avtotransport vositalarini sug‘urtalash turi bo‘yicha sug‘urta ximoyasiga olingan edi. Mazkur holat yuzasidan fuqaroning murojaatiga asosan sug‘urta to‘lovlari komissiyasi xulosasiga ko‘ra qariyb 48 million so‘m  miqdorida aniqlangan sug‘urta tovoni Samarqand viloyati filiali tomonidan to‘lab berildi.

    Sug‘urta hodisasi bilan bog‘liq holat Kattaqo‘rg‘on shahar, Alisher Navoiy MFYda istiqomat qiluvchi fuqaro Ochilov Umidjon bilan ham sodir bo‘ladi. Gap shundaki, unga tegshli Damas rusumli avtomashinaga Kattaqo‘rg‘on shahar Samarqand shoh ko‘chasida sodir bo‘lgan YTX natijasida 5 million so‘mdan ortiq moddiy zarar yetkazilgan. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish” turi bo‘yicha sug‘urta polisi rasmiylashtirgan Ochilov  Umidjonga ”O‘zagrosug‘urta” AJ Samarqand viloyat filiali tomonidan aniqlangan sug‘urta tovoni to‘lab berildi. Bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin.

    Ayni paytda kompaniya mijozlar ishonchini oqlash, aholining sug‘urta xizmatlari bilan qamrab olishni o‘z oldiga maqsad qilgan bo‘lib, bu borada bir qator loyihalar ustida ish olib bormoqda. 

“O‘zagrosug‘urta” AJ

Axborot xizmati