uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj Xodimlari Islom Sivilizatsiyasi Markaziga Tashrif Buyurdi

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi

“O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari poytaxtimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shib qad rostlagan muhtasham Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib, boy tariximiz va bugunning uzviy bog‘liqligini aks ettiruvchi noyob ekspozitsiyalar bilan yaqindan tanishdilar.

Tashrif davomida ular “Islomgacha bo‘lgan davr”, “Birinchi va Ikkinchi Renessans” hamda “Yangi O‘zbekiston – Uchinchi Renessans poydevori” kabi bo‘limlarni ko‘zdan kechirdi. Ayniqsa, Qur’oni karim zalida saqlanayotgan dunyodagi eng qadimiy qo‘lyozmalardan biri — Usmon Mus’hafi, shuningdek, so‘nggi yillarda xorijdan olib kelingan yuzlab nodir artefaktlar va tarixiy manbalar tashrif buyuruvchilarda katta taassurot qoldirdi.

Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek, ushbu maskan bilan tanishgan har bir inson, ayniqsa yoshlar, islom dinining gumanistik mohiyatini chuqur anglab yetadi, o‘zining ulug‘ meros egasi ekanini his etadi. Bu esa qalblarda g‘urur va iftixor tuyg‘ularini uyg‘otadi.

Darhaqiqat, mazkur ma’rifat maskaniga tashrif “O‘zagrosug‘urta” AJ xodimlari uchun unutilmas taassurotlarga boy bo‘ldi.