uz
  • info@agros.uz
  • 1186

“O‘Zagrosug‘Urta” Aj: “Yurt Obodligi, Avvalo, Mahalladan Boshlanadi!”

image

“O‘zagrosug‘urta” AJ: “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!”

“O‘zagrosug‘urta” AJning ahil jamoasi “Yurt obodligi, avvalo, mahalladan boshlanadi!” shiori ostida o‘tkazilgan umumxalq xayriya hashari tadbirida faol ishtirok etdi.
Mamlakatimizda ajdodlardan avlodlarga o‘tib kelayotgan milliy qadriyat — hashar an’analari xalqimiz orasida birdamlik, mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Jamiyatning respublika bo‘ylab faoliyat yuritayotgan barcha filiallari ham ushbu ezgu tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, jamoat joylarini obodonlashtirish, hududlarni ko‘kalamzorlashtirish hamda shahar va mahallalar aholisi uchun toza va qulay muhit yaratish ishlarida faol qatnashdi.
Bu shunchaki hashar emas — bu mamlakatimizning porloq kelajagi yo‘lida qo‘shilgan muhim hissa hisoblanadi.