“O‘zagrosug‘urta” AJ 29 yilligini nishonlamoqda
“O‘zagrosug‘urta” - O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1997-yil 25-fevraldagi PF-1713-sonli Farmoni bilan tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilda o‘zining 29 yilligini nishonlamoqda.
Shu bilan birga, biz davlat sugʻurtasi bosh boshqarmasining huquqiy vorisi sifatida boy merosni davom ettirib, sug‘urtaviy himoya sohasida 100 yildan ortiq tarix va tajribaga ega ekanligimizni faxr bilan ta’kidlaymiz.
“O‘zagrosug‘urta” – O‘zbekiston sug‘urta bozoridagi universal kompaniyalardan biri bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga xizmatlarning to‘liq spektrini taqdim etib kelmoqda.
Hozirgi kunda kompaniya Respublikaning barcha hududlarida faoliyat yuritmoqda.
• 14 ta hududiy filial
• 182 ta shahar va tuman sug‘urta markazlari
• 140 dan ortiq sug‘urta turlari
• 1 000 dan ortiq xodim va sug‘urta agentlari
Kompaniya Respublikada onlayn sug‘urta xizmatlarini yo‘lga qo‘ygan dastlabki tashkilotlardan bo‘lib, bugungi kunda aksariyat sug‘urta xizmatlarini mobil qurilmalar va onlayn platformalar orqali tez, qulay va xavfsiz tarzda taqdim etmoqda.
Sug‘urta faoliyatini avtomatlashtirish va raqamli o‘zgarishlar — kompaniyaning ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Sun’iy intellekt yordamida ma’lumotlarni tahlil qilish va xavflarni oldindan baholash yuzasidan ishlar faol amalga oshirilmoqda.
“O‘zagrosug‘urta” o‘z majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarishi bo‘yicha to‘lov kafolatiga ega bo‘lgan, xalqaro miqyosda tan olingan kompaniyadir.
Kompaniya quyidagi reyting va sertifikatlarga ega:
• ISO 9001:2015 sifat menejmenti tizimi;
• Moody’s Investors Service — “Ba3” (ijobiy prognoz);
• “Ahbor-Reyting” — “UzA++” (barqaror prognoz);
• Standard and Sensitive Ratings — “Uz AAA” (maksimal, barqaror prognoz).
Kompaniya o‘z faoliyati davomida bir qator nufuzli mukofotlarga sazovor bo‘lgan:
• “Yilning eng yaxshi sug‘urta kompaniyasi”;
• “Qishloq joylarda sug‘urtani ommalashtirish uchun”;
• “O‘zbekiston bo‘ylab yuqori sifatli sug‘urta xizmatlarini taqdim etgan eng keng tarmoqli kompaniya”;
• “Onlayn sug‘urtani rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun” kabi bir qator nominatsiyalar sohibi.
Bizga bildirgan ishonchingiz va doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotganingiz uchun barchangizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz!